Tillar:       O'zb       Eng       Рус    
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlashning nazariy va amaliy ma’lumotlarini umumlashtiradi va innovatsion g‘oyalar bilan to‘ldiradi, soha bo‘yicha ta’lim mazmunini tahlil qilishni va takomillashtirishni, milliy va xalqaro kasbiy dialoglar tashkil etishni, daktil va imo-ishoralardan foydalanishni, korreksion mashg‘ulotlar modernizatsiyalash bo‘yicha takliflar tayyorlashni, surdotexnika vositalari va dasturlaridan foydalanishni hamda ularni takomillashtirishni, surdotarjimani, inklyuziv ta’lim sharoitida korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni olib borishni va jarayonga yangiliklar olib kirishni, tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etishni o‘rgatadi.
Ta’lim sohasidagi mutaxassislik bulib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o'qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmok ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, mos ta’lim yunalishlari buyicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahaliy davlat boshqaruvi organlarida faoliyatni tashkil etish va boshqarishga oid kompleks masasalarni hal etish, shuningdek sohani rivojlantirishda xavfsizlikni ta’minlash, istiqbolni belgilashga, kasbiy kunikmaga, mutasaddilik kobiliyatiga yo'naltirigan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarini keng miqiyosda o'rganadi.
Ushbu dastur shaxslarning ruhiy holatlarini va individual psixologik xususiyatlarini o‘rganish metodikasini umumlashtiradi. Oliy ta'lim muassasalari va umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari, maktabdan tashqari muassasalarida pedagogika va psixologiya fanlaridan o‘rnatilgan tartibda dars berish, mos ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta'limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib, pedagogika va psixologiya fanlar yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida katta ilmiy xodim bo‘lib, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma'naviyat va ma'rifat markazlarida ishlash, kasbga yo‘naltirish, guruh rahbari faoliyatida faol qatnashish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi. Pedagogika - magistr bosqichida manbaalarga asoslangan holda innovatsion va fundamental tadqiqotlar olib borish, sohaning nazariy va amaliy muammolarini bilish davr uchun dolzarb, hal etilishi lozim bo‘lgan va takomillashtirish talab etiladigan vazifalarni bajarish, globallashuv sharoitida kechayotgan jarayonlarda axborot kommunikasiya texnologiyalarining o‘rni va ta'siri haqida tushuncha, umuminsoniy qadriyatlar, vatanparvarlik, sadoqat kabi yuksak insoniy fazilatlarni ochib berish malakalariga ega bo‘lishi lozim.