+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Chet el fuqarolari uchun qabul jarayoni

Asosiy ma'lumotlar:

/sayt sozlamlari suratlari/2021-02-16-0639thundrawcominghome52ir.png

Email: intercoop@cspi.uz

О‘qish jarayoni

Chirchiq davlat pedagogika institutida о‘quv yili joriy yilning sentabr oyidan boshlanib kelasi yilning iyun oyigacha davom etadi (02.09-30.06). О‘quv jarayoni davomiyligi qaysi bosqichda va qaysi ta’lim turida tahsil olinishiga kо‘ra turlicha bо‘ladi. Bakalavr bosqichi - 4 yil, Magistratura bosqichi – 2 yil, Doktorantura bosqichi (PhD yoki DSc) – 3 yoki 4 yil davom etadi (bu bosqichda yо‘nalishdan kelib chiqib о‘quv jarayoni davomiyligi belgilanadi). Ta’limning kechki va sirtqi (maxsus sirtqi) turi ham taklif etiladi.

Bizning institutda barcha yо‘nalishlarda о‘qish jarayoni kunduzgi va kechki shaklda amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolar о‘qishga suhbat asosida qabul qilinadi.

Chirchiq davlat pedagogika institutida tahsil olish xorijiy fuqarolar uchun tanlovga qarab о‘zbek va rus tillarida amalga oshiriladi, shu sababli nomzodlardan о‘zbek yoki rus tillarini mukammal darajada bilishlari talab qilinadi.

Chet el fuqarolari uchun qabul jarayoni 

Chirchiq davlat pedagogika instituti О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008 yil 4 avgustdagi 169-sonli Qaroriga muvofiq va shu Qarorga asoslangan normalar asosida xorijiy fuqarolarini о‘qishga kabul kiladi.

Xorijiy fuqarolardan quyidagi hujjatlarni institutning Xalqaro hamkorlik bо‘limiga taqdim etishlari talab qilinadi:

  • CHDPIda о‘qish uchun ariza;
  • Chet el fuqarolari uchun mо‘ljallangan sо‘rovnoma;
  • Qо‘lga kiritilgan darajalardagi yoki joriy vaqtdagi baholar qaydnomasi. О‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida erishilgan har qanday diplom sertifikatlari va baholar qaydnomasini ham topshiringizni sо‘raladi:
  • Bakalavriatura bosqichiga: о‘rta yoki о‘rta maxsus ta’limi diplomi/shaxodatnomasi (sertifikat);
  • Magistratura bosqichiga: Bakalavr diplomi yoki ushbu darajaga tenglashtirilgan xujjat;
  • Doktorantura bosqichiga (PhD, DSc): Magistrlik diplomi.
  • О‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida erishilgan har qanday diplomlar (baholar qaydnomasi bilan birga) о‘zbek yoki rus tiliga tegishli notarial idoradan tarjima qilinishi hamda tasdiqlanishi lozim*;
  • О‘rnatilgan tartibdagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • OITS kasalligi yо‘qligini qayd etuvchi tibbiy ma’lumotnoma;
  • Mavjud fuqarolik pasporti yoki О‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilish xuquqini beruvchi pasport;
  • 3.5 x 4.5 sm о‘lchamdagi rasm (6 dona)
  • Chop etilgan rasmiy maqolalar va tezislarning umumiy rо‘yhati (Doktorantura bosqichi va amaliy о‘quv kurslariga topshirgan nomzodlar uchun)

*Izoh: Baholar qaydnomasining о‘zbek yoki rus tilidagi tarjimasi О‘zbekiston Respublikasidagi notarial idorasida yoki nomzodning о‘z davlatida joylashgan О‘zbekiston Respublikasi elchixonasi yoki konsullik idorasi tomonidan sertifikatlanishi zarur.

Chirchiq davlat pedagogika institutida tahsil olish xorijiy fuqarolar uchun tо‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. О‘zbekiston Respublikasining boshqa xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar,  xorijiy universitetlar bilan tuzilgan о‘zaro hamkorlik shartnomalariga muvofiq kelib tahsil oluvchi xorijiy fuqarolar bundan mustasnodir.

Biz quyidagi xorijiy fuqarolarni suhbat asosida о‘qishga kabul kilamiz:

  • О‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan О‘zbekiston Respublikasiga ta’lim olish maqsadida kelgan chet el fuqarolari;
  • MDHga a’zo davlatlar fuqarolari
  • dunyoning boshqa davlatlardan kelgan xorijiy fuqarolar

О‘qishga qabul qilish uchun shartnoma xulosasi

Chirchiq davlat pedagogika institutida tahsil olish uchun shartnoma suhbatdan muvaffaqiyatli о‘tgandan sо‘ng rasmiylashtiriladi.

Turar joy uchun rо‘yhatdan о‘tish hamda viza olish jarayoni

Xorijiy fuqarolarga viza rasmiylashtirish, viza taklifnomalarini tayyorlash hamda turar joy uchun vaqtinchalik rо‘yhatdan о‘tkazish oliy ta’lim muassasalarining О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan о‘zaro kelishuvi asosida О‘zbekiston Respublikasinig Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolar uchun vizalar nomzodning о‘z davlatida joylashgan О‘zbekiston Respublikasining elchixonasi yoki Konsullik idorasi tomonidan yoki Toshkentdagi xalqaro aeroportda ham taqdim qilinishi mumkin.