+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Devonxona

Bo'lim boshlig'i:

Bo'lim vazifalari:

Bo‘limning tashkil etilishi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 27 iyuldagi PQ-3251 qarori asosida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tarkibidagi Devonxona va arxiv bo‘limi  tashkil etilgan.


 

“Devonxona ”bo‘limi to‘g‘risida nizom

Devonxona va arxiv bo‘limi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining mustaqil tarkibiy qismi hisoblanadi, mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi №12-sonli hamda 1999 yil 29 martdagi 140- son Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining 2009 yil 28 avgustdagi 11-10-sonli topshirig‘i, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2010 yil 21 sentabrdagi 195-sonli bo‘yrug‘i asosida tayyorlandi hamda ushbu nizom bo‘lim faoliyati maqsadi,  vazifalari, funksiyalari, huquqlari ma’suliyati va asoslarini belgilab beradi.

Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni”ga , “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom va institut nizomiga hamda Mehnat Qonunchiligi me’yoriy huquqiy hujjatlariga, institut rektori va buyruqlariga, ko‘rsatmalarga va yo‘riqnomalariga hamda mazkur nizomga amal qiladi;

Devonxona institut faoliyatini hujjat bilan ta’minlashini amalga oshiradi;

Devonxona mudiri va boshqa xodimlari institut rektori buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilikka muvofiq lavozimga tayinlanadi hamda o‘z lavozimidan ozod qilinadi;

Devonxona mudiri va boshqa xodimlarning malakaviy – talablar funksional vazifalari,  huquqlari, majburiyatlari institut rektori tomonidan tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalari bilan tartibga solinadi;

Devonxonaga bo‘lim mudiri rahbarlik qiladi va lavozimiga ish staji talablar qo‘yilmagan holda oliy ma’lumotga ega hamda mutaxassisligi bo‘yicha kamida 3 yil stajga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

Devonxonaga kelib tushadigan farmonlar, qarorlar, buyruqlar, xatlar va boshqa hujjatlarni o‘z vaqtida belgilangan tartibda qabul qilish, rasmiylashtirish va institut rahbariyati so‘ngra institut tarkibiy qismlardagi ijrochilarga yetkazish hamda tegishli tartibda, rahbariyatga ma’lumot berib borish;

Devonxonaga kelib tushadigan hujjatlarni ijro muddati institut rahbariyati tomonidan belgilangach uni o‘z vaqtida ijrochilarga tarqatib, nazoratda ekanligini eslatib o‘tadi va monitoring(ichki nazorat) bo‘limiga axborot beradi;

Devonxona bo‘limi boshlig‘i fakul’tetlarda mavjud hujjatlar yig‘ma jildi, keluvchi va chiquvchi hujjatlarni ro‘yxatga olish ahvolini o‘rganish natijasi yuzasidan yil yakunlari bo‘yicha rahbariyatga ma’lumot tayyorlaydi;

Devonxona “Ma’lumotlar to‘plami” tashkil etilishini, yuqori tashkilotlar va fuqarolardan kelgan xatlar, murojaatlar va ularga yuborilgan javoblarni saqlashni ta’minlaydi;

Rahbariyat tomonidan berilayotgan ko‘rsatmalar, farmoyishlar, buyruq va topshiriqnomalarni rasmiylashtiradi, ijrosini ta’minlaydi va  chiqarayotgan barcha hujjatlarni sifati uchun javobgarlik mas’uliyatini ta’minlaydi;

Devonxona va arxivga tushayotgan arizalar, shikoyatlar, takliflar va so‘rovnomalarni tahlil qilib, rahbariyatga, bo‘limlarga o‘z vaqtida yetkazib beradi va ularning bajarilishini talab qiladi.   

 

Huquq va majburiyatlari

Devonxona quyidagilarni amalga oshirish huquqiga ega:

- O‘z faoliyati sohasi bo‘yicha institutga kirib kelayotgan hujjatlar va axborot materiallarni tanishib chiqish hamda ishda qo‘llash uchun olish

-  Moddiy –texnik bazasidan oqilona hamda samarali foydalanish

- Amaldagi me’yoriy – huquqiy hujjatlarida ko‘zda tutilgan hujjatlarning yuritilishiga amal qilish.

Institut rahbarlaridan, bo‘lim boshliqlaridan va fakul’tet dekanlaridan kamchiliklar bilan tayyorlangan buyruqlar va qarorlarni rasmiylashtirish  va belgilangan tartibda bekor qilishni, o‘z fikrini bildirishni talab qiladi.

 Tayyorlangan hujjatlar, buyruq va qarorlar davlat tilida bo‘lishini talab qiladi

“Devonxona” bo‘limi rektorga  bo‘ysunadi, bo‘lim ish faoliyatini boshliq boshqaradi, uni ishga tayinlash va ishdan ozod qilish rektor buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.

Yakuniy qoidalar

Ushbu Nizom institut Kengashida qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Devonxona to‘g‘risidagi Nimzomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish institut kengashi yig‘ilishida qabul qilinadi.

Devonxona to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish uchun devonxona mudiri va institut tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega.

Ish reja:

Qo'shimcha

Devonxonaga tegishli boshqa ma'lumotlar