+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Texnik-foydalanish va xо‘jalik bо‘limi

Bo'lim boshlig'i: Ikramov Farxod Aktamovich
Ikramov Farxod Aktamovich

Ikramov Farxod Aktamovich

Bo'lim vazifalari:

Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi Moliyaviy, iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektorga bo‘ysungan holda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga, institut Ustaviga muvofiq faoliyat yuritadi. Bugungi kunda F.A.Ikramov bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi vazifalari:

  1. Institut xo‘jalik ta’minoti ishlarini boshqaradi;
  2. Institut bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzadi va ularni amalga oshirib boradi;
  3. Xo‘jalik mol-mulkining saqlanishi, tiklanishi va to‘ldirilib turilishini ta’minlash, xonalar va Institut hududida tozalikni nazorat qiladi;
  4. Xonalar ahvolini tekshirib turish, kerak bo‘lgan hollarda ta’mirlash uchun chora-tadbirlarini ko‘radi;
  5. Kafedra, bo‘lim va bo‘linmalarni kanselyariya jihozlari va xo‘jalik anjomlari bilan ta’minlaydi;
  6. Qayd etish va hisobot tuzish ishlarni tashkil qiladi;
  7. Mol-mulkni taftish qilishda ishtirok etadi;
  8. Institut rektori buyrug‘i asosida materiallar, kanselyariya jihozlarini olish talabnomalariga, ish bajarish shartnomalariga, ishni tugatish haqidagi rasmiy hujjatga, ish haqi ma’lumotnomalariga, ishonchnomalarga, Institut doirasida harakat qiluvchi buxgalteriya ish yuritish hujjatlariga imzo chekadi;
  9. Tovar moddiy boyliklarini qabul qilib olish, saqlash va joy-joyiga berish, ularni xonalar va maydonchalarda oqilona joylashtirish, saqlash rejimiga rioya etish borasidagi ishlarni amalga oshiradi;
  10. Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasiga amal qiladi;
  11. Institutga yuklar keltirilganda ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘inga qarshi himoya qoidalariga rioya etilgan holda yuk ortish-tushirish ishlarining bajarilishini ta’minlaydi;
  12. Tovar-moddiy boyliklar joy-joyiga berilishini, omborxona jarayonlarini rasmiylashtirish, dastlabki kirim-chiqim hujjatlarini topshirish qoidalariga rioya etilishini tashkil qiladi;
  13. Tovar-moddiy boyliklarini ro‘yxatga olishda va taftishlarni o‘tkazishda qatnashadi;
  14. Tovar-moddiy boyliklarini saqlanishini, uskunalar, anjom-asboblar o‘z vaqtida ta’mirlanishini, zarur kompyuter vositalarini sotib olishga buyurtmalar rasmiylashtirilishini, xonalarda va atrof-tevarak hududda ozodalikka rioya etilishini ta’minlaydi;
  15. Bo‘limga ta’minlovchilar tomonidan keltiriladigan buyum va jihozlarni qabul qiladi;
  16. Qabul qilib olingan buyum va jihozlarni talab qilingan muddatgacha yaroqli saqlanishini kafolatlaydi;
  17. Saqlanadigan buyum va jihozlarni son va sifat darajasi bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi;
  18. Yong‘inga qarshi javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi;
  19. Rahbarligidagi xodimlarini umumiy boshqaradi;
  20. Ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlaydi;
  21. Institut binosi va atrof muhitini talab darajada saqlanish, ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini boshqaradi;
  22. Binolarni joriy va kapital ta’mirlash ishlarini bajarishga rahbarlik qiladi;
  23. O‘quv, laboratoriya va talabalar turar joylari binolarini o‘quv va yumshoq mebel bilan jihozlash ishlarini boshqaradi;
  24. Xonalardagi jihozlarni talab darajada saqlanishini nazorat qiladi;
  25. Jihozlarni inventarizatsiyadan o‘tkazadi;
  26. Institutga tashrif buyurgan mehmon va delegatsiyalarni qabuli bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi;
  27. Institut atrof muhitini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qiladi;
  28. Institutda o‘tkaziladigan majlis, konferensiya va shu kabi boshqa anjumanlarni tashkiliy ishlarini tashkil qiladi;
  29. Binolarda yong‘in xavfsizligi ishlarini tashkil qiladi.

Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi tarkibi

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida xozirgi vaqtda jami 9 ta o‘quv binosi, 1 ta talabalar turar joyi mavjud. Axborot-resusr markazlari soni 5 ta,      4 ta konferens zali va 3 ta yopiq turdagi sport zallari mavjud. Ushbu binolarni barqaror ishlashi va ish faoliyati to‘g‘ri tashkillashtirilishida quyidagi  tarkib ish faoliyatini olib boradi:

Salaev Shavkat Aminovich

-

Bosh muhandis

O‘tashev Jo‘raqul Mulkamolovich

-

Bosh energetik

Tursunboeva Biyixol Atakulovna

-

1-o‘quv binosi boshlig‘i

Toshtamova Rushana Xusanboy qizi

-

2-o‘quv binosi boshlig‘i

Umarov Xondamir Abdusamatovich

-

3-o‘quv binosi boshlig‘i

Ibragimova Navruza

-

4-o‘quv binosi boshlig‘i

Kadirkulova Roza Idirisovna

-

5-o‘quv binosi boshlig‘i

Daminov Abduxofiz Mustafoevich

-

6-o‘quv binosi boshlig‘i

Maxmudjonova Dilrabo Gafurjonovna

-

Talabalar turar joyi binosi boshlig‘i

Yamankulov Qaxramon Vaxobovich

-

O‘quv ustaxonasi binosi boshlig‘i

Har bir guruhda ish texnik-foydalanish va xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i rahbarligi ostida lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq olib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017 yil 2 sentabrdagi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bayoniga ko‘ra institutning 1-o‘quv binosi va talabalar turar joylarida, 2018 yilda 2 o‘quv binosi hamda 2019 yil  3 o‘quv binosida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.

 

 

Institutga xududidagi yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida  hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha maxsus loyiha-xatirasi tayyorlangan. Institutda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish jarayonlarini amalga oshirishda hududlarning mas’ul shaxslari etilib, prorektor va fakultet dekanlari xarita bo‘yicha biriktirilgan.

Institutning umumiy hududi 9,43 ga bo‘lib, shundan obodonlashtiriladigan yer maydonlari 3,73 ga dan iborat. Hozirgi kunda institutning ichki va tashqi hududida ariq, ko‘cha yo‘laklarini tartibga keltirish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari xamda gul ko‘chatlarini ekish va parvarishlash, daraxtlarni oqlash, butash, shakl berish ishlari reja asosida olib borilmoqda.

Ish reja:

Qo'shimcha

Texnik-foydalanish va xо‘jalik bо‘limiga tegishli boshqa ma'lumotlar