+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Monitoring va ichki nazorat bo‘limi

Bo'lim boshlig'i: Bozorov Nizomiddin Ne’matovich
Bozorov Nizomiddin Ne’matovich

Bozorov Nizomiddin Ne’matovich

Bo'lim vazifalari:

Bo‘limning tashkil etilishi:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligining  2001 yil 19 avgustdagi “Oliy ta’lim  ichki inspeksiyasi  va Kadrlar tayyorlash  Milliy  dasturini  ro‘yobga  chiqarishning  monitorin”gi  207-son buyrug‘iga muvofiq Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tarkibidagi “Monitoring va ichki  nazorat”  bo‘limi tashkil etildi.

Bo‘limning vazifalari:

•Bo‘limning asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qarorlari, vazir buyruqlari, topshiriq va xat-hujjatlari hamda institut Kengashi qarorlari,  Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, institut rektori buyruq va topshiriqlari ijrolarini monitoringini va nazoratini olib borish, har oy va har chorakda vazirlikka hisobot tayyorlash hamda bu asosiy vazifa bo‘yicha institut Kengashida axborot berib borishdan iborat. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganlar bilan birga, har hafta institut rektori tomonidan o‘tkaziladigan «Dekanlar yig‘ilishi»da ham doimiy haftalik ijro intizomi holati haqida axborot berib boriladi.

•Institut Kengashi qarori bilan tasdiqlangan yillik ish rejaga asosan Bo‘lim tomonidan institut kafedralari va bo‘limlari faoliyatini har oyda maqsadli o‘rganish o‘tkaziladi va o‘rganish natijalari institut Kengashi yig‘ilishida muhokamaga qo‘yiladi. Bo‘lim o‘z faoliyatida institut Kengashi qarorlarini va institut rektori topshiriqlarini bajarib keladi.

•Institutda O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, vazirlikning Hay’at qarori, buyruqlari va boshqa hujjatlarini, shuningdek institut ichki buyruqlari va qarorlarining bajarilishi monitoringini olib borish.

•  Institut professor-o‘qituvchilar va o‘quv-yordamchi hodimlar tarkibi ichki inspeksiyasini tashkil qilish va o‘tkazish.

• Kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinish nazoratini va monitoringini olib borish.

•Institutda ta’lim standartlarini joriy etish masalalari bo‘yicha filiallar, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish.

•Institut boshqarish organlariga ta’lim jarayonini isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash.

•Institut ichki buyruqlari ijrosi nazoratini olib borish.

•Fakultetlar o‘quv jarayonini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bo‘linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish.

•Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tadbiq etilishini amalga oshirishda ishtirok etish.

•Kamchiliklar va muammolarni bartaraf va xal qilish bo‘yicha aniq takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish.

•Institut  va unga tegishli ta’lim muassasalarida (filiallar, litseylar va boshqalar) ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirish.

•Institut va unga tegishli ta’lim muassasalarida bo‘ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish?

•O‘quv yurti faoliyati bo‘yicha filiallar, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan o‘z hizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish.

•Kurs loyixasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat atestatsiyalarining o‘tkazilishini hamda barcha turdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni ko‘rib chiqish.

•O‘z huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganish uchun belgilangan tartibda institut malakaviy professor-o‘qituvchilari va xodimlarni jalb qilgan holda ishchi guruhlar tuzish.

Bo‘limning huquqlari:

  • Bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun institut tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumotlar va materiallarni olish;
  • Institutda attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va uning o‘z vaqtida bajarilishini nazoratga olish;
  • Institutga kelib tushgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa qarorlarning yetarli darajada ijrosi ta’minlanmaganligi aniqlanganda, mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish uchun rahbariyatga takliflar kiritish;
  • Institutda ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilishini tashkil qilish;
  • Institut faqultetlarini muntazam ravishda monitoring qilish;
  • Belgilangan tartibda institut Kengashiga saylash va saylanish;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish;

 

Bo‘limning majburiyatlari:

  • Xizmat vazifalarini vijdonan bajaradi va o‘z sha’niga dog‘ tushirmaydi;
  • Davlat inspeksiyasiga taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlaydi;
  • Institutning ishchi o‘quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini monitoring qilish;
  • Bitiruvchilarning yakuniy attestatsiya va reyting baholari xolisligini belgilangan tartibda nazoratini tashkil etadi;

  • Bo‘limning tashkil etilishi va uning faoliyati bilan bog‘liq hujjatlar:


  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro       intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qarori



  • Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tarkibidagi “Monitoring va ichki nazorat”bo‘limi to‘g‘risidagi Nizom


Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti rektorining

  • Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Monitoring va ichki nazorat bo‘limining 2019-2020 o‘quv yili uchun ish rejasi

Ish reja:

Qo'shimcha

Monitoring va ichki nazorat bo‘limiga tegishli boshqa ma'lumotlar