+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

O'zbekiston yoshlar ittfoqi boshlang'ich tashkiloti

Bo'lim boshlig'i: Saydaliyev Elyor Ismoilovich
Saydaliyev Elyor Ismoilovich

Saydaliyev Elyor Ismoilovich

Bo'lim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 30-iyun – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun va “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maqsadi – yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.


Umumiy qoidalar

 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi.

 2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti (keyingi o‘rinlarda boshlang‘ich tashkilot deb yuritiladi) Ittifoqning maqsad-vazifalarini oliy ta‘lim muassasasi miqyosida amalga oshiradigan, ta’lim muassasalaridagi talabalar va yosh o‘qituvchilarni o‘z atrofida birlashtiradigan, ularning manfaatlari va huquqlarini himoya qiladigan eng quyi tuzilma hisoblanadi.

 3. Boshlang‘ich tashkilot oliy ta’lim muassasasining Yoshlar ittifoqi maqsad-vazifalariga xayrixoh bo‘lgan kamida besh nafar yoshlarning tashabbusi bilan tuziladi hamda Ittifoqning mahalliy kengashlari tomonidan ro‘yxatga olinadi.

 4. Boshlang‘ich tashkilotlar oliy ta’lim muassasalarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini amalga oshiradi.

 5. Oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang’ich tashkilotlar o‘zlari joylashgan hududdagi Ittifoqning mahalliy kengashlariga birlashadi.

 6. Boshlang‘ich tashkilotlar yoshlar yetakchisi va yetakchilar kengashi faoliyat yo‘nalishi, qiziqishi hamda yoshlarning talab-istaklaridan kelib chiqqan holda, Ittifoqning mahalliy va hududiy kengashlari qoshida o‘z tashkilotlari (uyushmalar, markazlar, klublar, to‘garaklar, va boshqalar)ni tuzish tashabbusini bildirishi yoki mavjud tashkilotlarga ixtiyoriy qo‘shilishi mumkin.

 7. Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tegishli mahalliy kengashlari hamda oliy ta’lim muassasasi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

 8. Boshlang‘ich tashkilot o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, amaldagi qonun hujjatlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Ustavi, oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.

 Boshlang‘ich tashkilotning maqsad va vazifalari.

 9. Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi ta’lim muassasalarida yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko‘maklashish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar bo‘lib yetishiga munosib hissa qo‘shishdan iborat.

 10. Boshlang‘ich tashkilot o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:

 - yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongiga milliy istiqlol g‘oyasi, milly qadriyatlar, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va oilaviy qadriyatlarni chuqur singdirish;

 - yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan fuqarolik huquq va huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish;

 - oliy ta’lim muassasasi yoshlarining muammolari, ta’lim sifati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, davomati, darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasini o‘rganib borish, yoshlar murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etishda ko‘maklashish;

 - yoshlarning chuqur bilim olishi, chet tillarini o‘rganishi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashi hamda ularni kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;

 - iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish;

 - imkoniyati cheklangan hamda maxsus ehtiyojli yoshlarning inklyuziv ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash;

 - notinch oila farzandlari, tarbiyasi og‘ir va nosog‘lom muhitga tushib qolgan  yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi hamda darslarni muntazam qoldirib kelayotgan talabalarni ta’lim jarayoniga qaytarish, qizlar o‘rtasida erta nikohlarning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borish;

 - yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan huquqiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;

 - yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;

 - yoshlarda “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi zararli illatlar, axborot hurujlari, diniy aqidaparastlik, missionerlik, va ekstremistik g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;

 - oliy ta’lim muassasasi yoshlari o‘rtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, ularning o‘zlari yashayotgan hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashrifini uyushtirish;

 - yoshlar, ayniqsa, qiz bolalar o‘rtasida sportni keng targ‘ib etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va turli sport musoboqalarida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish;

 - yoshlarga tibbiy madaniyat, xususan, kasalliklardan himoyalanish yo‘llarini keng tushuntirishga qaratilgan targ ‘ibot tadbirlarini tashkil etish;

 -  yoshlar o‘rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni targ‘ib qilish orqali ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.


О‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan beriladigan imtiyozlar

  • Muddatli harbiy xizmat tavsiyanomasiga ega talabalar о‘rtacha  о‘zlashtirish kо‘rsatkichi 71 foiz va undan yuqori bо‘lgan taqdirda  ta’lim bо‘yicha tо‘lov kontrakti miqdorining 35 foizi  О‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari  hisobidan tо‘lanadi
  • Talabalarga о‘rtacha о‘zlashtirish kо‘rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bо‘lgan taqdirda ta’lim bо‘yicha tо‘lov  kontrakti miqdorining 35 foizi О‘zbekiston yoshlar ittifoqining  rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tо‘lanadi
  • Yurtimizda turli soha va tarmoqlarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan yigitlarni taqdirlash maqsadida “Mard о‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etildi
  • Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, о‘qish, mehnat va  jamoat ishlarida har tomonlama faol ishtirok etayotgan yoshlarni  taqdirlash maqsadida “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etildi

Ish reja:

Qo'shimcha

O'zbekiston yoshlar ittfoqi boshlang'ich tashkilotiga tegishli boshqa ma'lumotlar