+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

PEDAGOGIKA FAKULTETI

Fakultet dekani: Usarov Jabbor Eshbekovich
Usarov Jabbor Eshbekovich

Usarov Jabbor Eshbekovich

Fakultet dekani:


Asosiy ma'lumotlar:

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida Pedagogika fakulteti  2019-2020 o‘quv yilidan boshlab qayta tashkil etilgan.

Fakultetning o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonida uchta kafedra faoliyat yuritmoqda:

  • Pedagogika va menejment;
  • Psixologiya;
  • Musiqa ta’limi va defektologiya.

 Fakultetda 48 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan 2 nafar fan doktori va professor, 8 nafar fan nomzodi va dotsentlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Pedagogika fakulteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishida jami 1074 talaba tahsil olmoqda. Shundan 497 nafari kunduzgi ta’lim shaklida, 310 nafari sirtqi ta’lim shaklida, 179 nafari maxsus sirtqi ta’lim shaklida va 88 nafar ikkinchi oliy ta’lim shaklida ta’lim olmoqda.

Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan himoya qilingan dissertatsiya ishlari to‘g‘risida ma’lumot

Fakultetda Usarov Jabbor Eshbekovich “Akademik litseylarda Fizika o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari”, Jumanova Fatima Uralovna “Kasb- hunar kollejlarida ekologik tarbiyani shakllantirishning shart-sharoitlari”, Mahkamov Ulfatjon Ilhomovich “Yuqori sinf o‘quvchilarida axloqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari”, Ernazarova Gulnora Oblakulovna “Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarini akmeologik yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashni takomillashtirish”, Burxanov Abduvali Abdullaevich “Teoriya i metodika obucheniya i vospitaniya (po oblastyam i urovnyam obrazovaniya)”, Abdujalilova Shoira Abdumajitovna “Markaziy Osiyo mutafakkirlari qarashlarida oila tarbiyasining transformatsiyalashuvi”, Musurmonov Raxmatilla “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va boshqarish”, Samarova Shoxista Rabidjanovna “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikirlash jarayonlarini diagnostikasi va dinamikasi (turli toifa o‘quvchilarida 2-4 sinf misolida)”, Eshnaev Nortoji Jumaevich “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida professional harbiy kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-falsafiy asoslari”, Avlaev Orif Umirovich “Tayanch harakat a’zolari buzilgan ilk o‘spirinlarning psixologik xususiyatlari” mavzularida dissertatsiya ishlarini himoya qilishgan.


Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari to‘g‘risida ma’lumot


Usarov Jabbor Eshbekovich “Tayanch va fanga oid kompetensiyalar asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilar kompetentligini rivojlantirish”, Qodirov Ikrom Davronovich "Maktab menejmenti" yo‘nalishi talabalarining tayanch kompetensiyalari shakllantirish metodikasini takomillashtirish (Ta’limning me’yoriy-huquqiy xujjatlari asosida)”, Yaxshiev Ulug‘bek Musurmonqulovich "Geometrik tasavvurlar asosida o‘quvchilar kompetentligini  rivojlantirish metodikasi (7-8 sinflar misolida)”, Ismoilova Dilafruz Muxiddinovna “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim mazmunini prognostika qilishning mexanizmlarini takomillashtirish”, Abduxamidov Sardor Mardanaqulovich “Sanat asarlari asosida o‘quvchilar badiiy estetik tafakkurini rivojlantirishning innovatsion texnologiyasi”, Eshmonova Nodira Nazarqulovna “Boshlang‘ich sinflarda insho va bayon yozish metodikasini klasterlash”, O‘taev Akram Yo‘ldoshevich  “Bo‘lajak o‘qituvchilarning siyosiy madaniyatini shakllantirishning klaster usuli”, Kadirova Xurshida Abdixalilovna “Xalq pedagogikasi asosida talabalarni milliy ma’naviy madaniyatni shakllantirish shart-sharoitlari”, Raxmonov Azamat Ruzvonovich “Talaba-yoshlarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishning ilmiy texnologik asoslari”, Sotbarov Atabek Asilbek o‘g‘li “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish texnalogiyasi”, Tilakova Mavjuda Ashurovna “8-9 sinf o‘quvchilarida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari”, Ravshanov Jamshid Fayzullaevich “Umumta’lim maktablarida "Tarix" fanini o‘qitishda tarixiy atamalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish (7-8-sinf darsliklari asosida)”, Aminov Sa’dulla Maxammadovich “Maktab o‘quvchilarini ekologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi (Geografiya fani misolida)”, Samarova Shoxista Rabidjanovna “Shaxslarda kreativlik xususiyatlarini shakllanishining dinamikasi va diognostikasi”, Eshnaev Nortoji Jumaevich “Kuchli davlatdan -kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tishning transformatsion omillari”, Raxmonova Muqaddas Qaxramonovna “Oliy ta’lim muassasasi talabalarida ijtimoiy faollikni rivojlantirish”, Mirzaeva Sayyora Rustamovna “Talabalarda valeologik madaniyatni takomillashtirish”, Avlaev Orif Umirovich “Favquloddagi vaziyat qutqaruvchilarining individual psixologik xususiyatlari”, Qarshieva Dilafruz Suyunovna “Kasbiy stress shakllanishining psixologik xususiyatlari (pedagoglarda)”, Ataboeva Nargiza Botirovna “Shaxsda alturezm shakllanishining psixologik xususiyatlari”, Maxkamova Shoxida Raxmatullaevna “Umumta’lim maktablarda musiqa o‘qitishning klaster metodlari”, Muxitdinova Malohat Saidjaborovna “Talabalarning  pedagogik amaliyoti  davrida  musiqa  ta’limi innavatsion  klasterini qo‘llanishi”, Yunusov Odil G‘aybullaevich “Talabalarning ijrochilik mahoratini shakllantirish metodikasi”, Azizov Ravshanbek Komilovich “O‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish (musiqa ta’limi bo‘yicha)”, Syomkina Adiba Minggirovna “Zamonaviy musiqaning yoshlar ongiga ta’siri”, Abdullaeva Gavxar Saparovna “Eshitish qobiliyatini rivojlantirish va talaffuzni shakllantirish bo‘yicha 1-2 sinflarda korreksion pedagogik ishlash texnologiyasi” mavzularida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.





Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar, laboratoriya ishlari to‘g‘risida ma’lumot


Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan 43 dan ortiq o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar, 8 ta laboratoriya ishlari yaratilib, o‘quv jarayonida foydalanilmoqda.

Fakultet professor-o‘qituvchilari ilmiy faoliyati natijasida 5 ta patent, 2 ta mualliflik guvohnomasi olingan.

 


Fakultetning oliy ta’lim muassasalari va xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risida ma’lumot

Fakultet jamoasining respublikamizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari, Toshkent viloyati umumiy o‘rta ta’lim maktablari, xorijiy mamlakatlarning Belorussiya respublikasi Belgorod davlat ilmiy tadqiqot universiteti, Moskva davlat pedagogika universiteti, Tojikiston davlat milliy universiteti, M.Auvezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti, M.V.Lomonosov  nomidagi Moskva davlat universiteti, Rossiya Federatsiyasi Sharqiy Sibir madaniyat va san’at akademiyasi, Belorussiya Respublikasi Maksim Tank nomidagi defektologiya instituti kabi oliy ta’lim muassasalari olimlari bilan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot sohalarda hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

  

Fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan:

 

Oliy ta’lim – bakalavriat

Shifri 

Yo‘nalishlar

Daraja

5110900

Pedagogika va psixologiya

Darajasi: bakalavr

Pedagogika va psixologiya o‘qituvchisi 

kunduzgi ta’lim shakli–4 yil;

Sirtqi ta’lim shakli–5 yil;

Maxsus sirtqi ta’lim shakli–3 yil.

o‘qitish tili: o‘zbek va rus

5111100

Musiqa ta’limi

Darajasi: bakalavr

Musiqa o‘qituvchisi

kunduzgi ta’lim shakli–4 yil;

Sirtqi ta’lim shakli–5 yil;

Maxsus sirtqi ta’lim shakli–3 yil.

o‘qitish tili: o‘zbek

5611700

Maktab menejmenti

Darajasi: bakalavr

Umumiy o‘rta ta’lim  muassasalari boshqaruv sohasi mutaxassisi.

kunduzgi ta’lim shakli–4 yil;

o‘qitish tili: o‘zbek

5111900

Defektologiya:Logopediya

Darajasi: bakalavr

Defektolog-logoped.

kunduzgi ta’lim shakli–4 yil

o‘qitish tili: o‘zbek

Ikkinchi oliy ta’lim

5110900

Pedagogika va psixologiya

Darajasi: bakalavr

Pedagogika va psixologiya o‘qituvchisi 

Sirtqi ta’lim shakli–3 yil;

o‘qitish tili: o‘zbek va rus

5111100

Musiqa ta’limi

Darajasi: bakalavr

Musiqa o‘qituvchisi 

Sirtqi ta’lim shakli–3 yil;

o‘qitish tili: o‘zbek

5111900

Defektologiya:Logopediya

Darajasi: bakalavr

Defektolog-logoped

Sirtqi ta’lim shakli–3 yil;

o‘qitish tili: o‘zbek

 

 

Qo'shimcha

PEDAGOGIKA FAKULTETIga tegishli boshqa ma'lumotlar