+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Buxgalteriya

Bo'lim boshlig'i: Ismadiyarov Abduraxmon Qarshibaevich
Ismadiyarov Abduraxmon Qarshibaevich

Ismadiyarov Abduraxmon Qarshibaevich

Bo'lim vazifalari:

Bosh buxgalter o‘rinbosari -  Andakulova Parida Axmetovna

Bosh buxgalter o‘rinbosari - a uditor Aliqulov Bekzod Ibodullaevich

Buxgalter - Yesirkepov Yerbol Euesbekovich

Buxgalter - Muzaffarov Djamshid Abdullaxodjaevich

Buxgalter - Kasimova Dilnoza Mirzatullaevna

Buxgalter - Tursoatova Dilshodaxon Nazarovna

G‘aznachi - Tursunova Bayan jaksilikovna

Bosh buxgalter lavozim vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
  • Professor-o‘qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;
  • Hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq xamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
  • Moddiy boyliklar va pul mablag‘lari inventarizatsiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish;
  • Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
  • Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
  • Mahalliy va respublika budjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish;
  • Bankdan olingan pul mablag‘larini maqsadli sarflash;
  • Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo‘lishining oldini olish;
  • Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
  • Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to‘g‘ri saflanishini nazorat qilish;
  • Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;
  • Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo‘yicha sarflanishini nazorat qilish;
  • Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizatsiyasini o‘rnatilgan tartib asosida sifatli o‘tkazilishini nazorat qilish;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o‘z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish

Bosh buxgalter o‘rinbosari lavozim vazifalari:

  • OTMsida buxgalteriya faoliyati yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha rahbarlik va mas’ul ijrochisi vazifasini bajarishi, kassaning ishini va kassa operatsiyalarining yuritilishini nazorat qilishi;
  • Bank hujjatlarini ishlab chiqish va xarajatlar smetasi ijro etilishini tahlil qilish;
  • Ish haqini, vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik varaqalari bo‘yicha nafaqalar, talabalarga va izlanuvchi-stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilarga stipendiyalar to‘lanishini nazorat qilish va bunda amaliy yordam berish;
  • Kirim-chiqim hujjatlari aylanishini nazorat qilish, kelib tushayotgan pul mablag‘lari, tovar moddiy boyliklar va asosiy vositalar, moliya xo‘jalik faoliyati natijalari, shuningdek, moliya, hisob-kitob hisobotini olib borish, pullarning qonuniy o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
  • Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy fondlar ro‘yxatga olinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • Pul mablag‘lari hamda tovar-moddiy boyliklar kamomadi va o‘g‘irlanishi bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishda qatnashish;
  • Pulga aloqador birlamchi hujjatlar va buxgalteriya hisobotlarini o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlash.

 

Bosh buxgalter o‘rinbosari-auditor lavozim vazifalari:

  • OTMsida mavjud asosiy vositalar, tovar moddiy qimmatliklar, naqd pul mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar, qat’iy hisobda turuvchi blankalar va hokazolarning inventarizatsiyasini tashkil etish hamda o‘tkazish jarayonida faol qatnashish, shuningdek, uning amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga mos ravishda o‘tkazilishi ustidan nazorat olib borish;
  • Asosiy vositalar, pul mablag‘lari, tovar-moddiy qimmatliklarning inventarizatsiyasi jarayonida va boshqa tekshiruvlar natijasida aniqlangan kamomadlarning OTMsi hisobiga undirilishi, ortiqcha mablag‘larini kirim qilinishiga erishish yuzasidan mutasaddi xodimlar bilan hamkorlikda monitoring faoliyatini yuritish;
  • Kamomadlarga yo‘l qo‘yilishi, pul mablag‘lari va tovar-moddiy qiymatliklarni talon-toroj qilinishining oldini olish tadbirlarida mutasaddi xodimlar bilan faol qatnashish;
  • Asosiy vositalar, pul mablag‘lari, tovar moddiy qimmatliklar OTMsi hisobiga to‘liq kirim qilinishi, shuningdek, ularning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan birlamchi hujjatlarni to‘g‘ri yuritilishi va buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish;
  • OTMsi g‘aznasida me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishi yuzasidan ichki auditorlik tekshiruvlarni amalga oshirish;
  • Tegishli me’yoriy hujjatlar asosida asosiy vositalarni va tez eskiruvchi moddiy qiymatliklarning balansdan chiqarilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish;
  • Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning kommunal xizmatlar va elektr energiyasining sarflanish limitlariga rioya etilishi ustida ish rejasi asosida ichki auditorlik nazoratini olib borish;
  • OTMsi talabalariga stipendiya to‘lovlarining to‘g‘ri berilishini, to‘lanishini va amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda qayta hisob-kitob qilinishi yuzasidan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish;
  • Pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklarning kirim-chiqim hujjatlarini yuritishda, mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilayotgandik holatlari aniqlanganda, tegishli choralar ko‘rish uchun OTMsining bosh hisobchisi yoki rektorga yozma ravishda xabar berish.

 

Buxgalter (toifasiz, 1,2-toifa) lavozim vazifalari:

  • Budjetdan tashqari topilgan mablag‘larning hisobotlari va hisob-kitob ishlarini olib borish;
  • Shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarning kontrakt to‘lovlaridan tushadigan mablag‘larni hisobga olish;
  • Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida institut omboriga kirim va chiqim qilish;
  • Asosiy vositalar moddiy boyliklar va pul mablag‘larini inventarizatsiyalarini o‘rnatilgan tartibda o‘tkazish;

G‘aznachi lavozim vazifalari:

  • Kassadan naqd pullarni chiqim orderi yoki uning o‘rnini bosadigan qaydnomalarga asosan tarqatish;
  • Hisobxona tomonidan berilgan ro‘yxatlar asosida plastik kartochkalarga pullarini tushirish;
  • Bankda berilgan ro‘yxatlar asosida plastik kartochkaga to‘g‘ri (zagruzka) yuklash va ishchi xodimlarga, talabalarga plastik kartochkalarni (taqdim etilgan xolda) tarqatish;

Plastik kartochkaga yuklash uchun topshirilgan kompyuter va internet

Ish reja:

Qo'shimcha

Buxgalteriyaga tegishli boshqa ma'lumotlar