+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Amaliy о‘quv kurslari

Asosiy ma'lumotlar:

/sayt sozlamlari suratlari/2021-02-16-0639thundrawonlinelearningreqw08.png

Imzolangan memorandumlar va almashinuv dasturlari doirasida xorijlik nomzodlar Chirchiq davlat pedagogika institutida amaliy о‘quv kurslarida malaka oshrishlari mumkin.

Buning uchun nomzodlardan quyidagi xujjatlar talab qilinadi:

Hamkor universitetning Xalqaro hamkorlik bо‘limi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan rasmiy murojaati. Xatning xaqiqiy nusxasi kelgunga qadar, biz uni faks orqali +998 (70) 712-45-41 yoki skaner formasini elektron pochta orqali (intercoop@cspi.uz) ham qabul qilishimiz mumkin.

Tо‘ldirilgan ariza shaklini faks yoki elektron pochta orqali yuborishingizni sо‘raymiz.

О‘quv dasturi malaka oshirish maqsadini hamda undan kutilayotgan natijani о‘z ichiga olishi lozim.

Xujjatlar kо‘rib chiqilgandan va tegishli fakultet bilan malaka oshirish kursi tо‘risida kelishilgan sо‘ng, nomzodlarga keyingi talablar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar yetkaziladi. 

О‘zbekiston Respublikasi hududiga kelgan xorijiy fuqarolar, 3 ish kuniga qadar  belgilangan vaqtinchalik rо‘yhatdan о‘tishlari shart. Chirchiq davlat pedagogika instituti faqatgina quyidagi nomzodlarga bu masalada yordam bera oladi:

• Chirchiq davlat pedagogika institutining rasmiy taklifiga binoan О‘zbekiston hududiga kirish uchun vizaga ega bо‘lganlar uchun;

• Chirchiq davlat pedagogika instituti yotoqxonalarida istiqomat qiluvchilarga. Yotoqxonada istiqomat qilish ham faqatgina institutning rasmiy taklifiga binoan amalga oshiriladi.

Qо‘shimcha ma’lumot uchun biz bilan bog‘laning:

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Xalqaro hamkorlik bо‘limi
A.Temur kо‘chasi 104,

111700, Chirchiq shahri, Toshkent viloyati, О‘zbekiston Respublikasi

Tel/Faks: (+99870) 712 45 41

Vebsayt: www.cspi.uz

Email: intercoop@cspi.uz