
Tursunov Ikromjon Gulamjonovich
Asosiy ma'lumotlar:
Fizika va kimyo fakulteti talabalarning fizika, astronomiya, kimyo, kimyoviy texnologiyalar, shuningdek, zamonaviy informatsion texnologiyalardan foydalangan holda kasbiy ta'lim bilimlarini yuzaga chiqaradi va amalga oshiradi. Fakultetda Fizika va astronomiya, Fizika va astronomiya o'qitish metodikasi, Kimyo, Kimyo o'qitish metodikasi ta’lim yo’nalishlari, shuningdek, Aniq fanlarni o'qitish metodikasi (fizika va astronomiya), Aniq fanlarni o’qitish metodikasi (kimyo) magistratura mutaxassisliklari bo'yicha ta’lim beriladi. Bundan tashqari, fakultetda PhD doktorantura ixtisosligi ham mavjud.
Fakultetning ilmiy-pedagogik jamoasi – 73 kishi, ulardan 6 tasi fan doktori, 14 tasi fan nomzodlari hisoblanadi. Fakultet yaqinda tashkil topganiga qaramay, professor-o'qituvchilar tomonidan yangi o'quv-uslubiy qo'llanmalar, darsliklar hamda labaratoriya mashg'ulotlarini bo’yicha yangi materiallar yaratilmoqda va o’quv jarayoniga tatbiq etilmoqda.
Hozirgi kunda o'qituvchilar chet davlatlar universitet va institutlari bilan hamkorliklarda ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Xususan, Rossiya oliy o'quv yurtlaridan Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti, Qozon Davlat Universiteti, Tyva universiteti, Muxtar Avazov nomidagi Janubiy Qozog'iston Universiteti, Ukrainaning Kiyev Milliy Universiteti, Malayziyaning Injeneriya instituti bilan turli xil izlanishlar va dars berish usullari kabi yo'nalishlarda yetakchi olimlari bilan aloqalar o'rnatilgan.
Fakultetda talabalarning ilmiy-tadqiqod ishlarini tashkil etishga katta e'tibor qaratadi. Respublika va turli xalqaro ilmiy konferensiyalarda, shuningdek, olimpiada va iqtidorli yoshlaning ilmiy ishlarini tashkil etishga kata e'tibor beriladi. Fakultet talabalari turli xil sport o'yinlari, bellashuvlar, «Quvnoqlar va zukkolar» va «Yil talabasi» kabi tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Fakultetda turli yo'nalishlarda to'garaklar faoliyat olib boradi:
1.Fizika kafedrasi professor-o'qituvchilaridan prof.Nasriddinov Komiljon, dots.Raxmonov Saparboy, dots.Suyarov Kusharboy, dots. Dusmurodov Mansur, Qutlimurodov Sardor, Tillaboyev Azlarxonlar tomonidan haftaning seshanba va chorshanba kunlari «Yosh fiziklar» to'garagi faoliyat olib bormoqda. To’garakka institute talabalari bilan bir qatorda Chirchiq shahridagi maktab o’quvchilari ham jalb qilingan.
2.Kimyo kafedrasi professor-o'qituvchilaridan dots.Komilov Qamariddin, dots.Jo’raev Murod, Qutlimurodov Nurbek, Islomova Maftunalar tomonidan haftaning chorshanba va juma kunlari «Kimyogarlar » to'garagi faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
Fakultet tuzilmasi:
Fizika va kimyo fakulteti institutning tarkibiy birligi hisoblanadi. Fakultetning tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
- Fizika kafedrasi;
- Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi kafedrasi;
- Kimyo kafedrasi;
- Ilmiy va metodologik kimyo kafedrasi;
Shuningdek, fakultetning tarkibiga:
- axborot-resurs markazi;
- Internet markazi;
- fizika o'quv labaratoriyasi
- kimyo o'quv labaratoriyasi ham kiradi.
Fakultetning axborot resurs markazida 60 000 ta kitob mavjud bo'lib, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan, 40 kishiga mo'ljallangan o'quv zali, yangi kitob va jurnallar kutubxonasi mavjud.
Bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash:
- fakultet bitiruvchilari, asosan ta'lim va madaniyat sohalarida, ilmiy tekshirish institutlarida, axborot va kompyuter markazida, shuningdek, ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borishlari mumkin.
- xususan, talabalar axborotni hisoblash va tahlil qilish markazlari, korxona tashkilotlarining bo'limlari, iqtisodiyotning IT bilan bog’liq turli sohalari, korxonalar uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, IT-mutaxassislar axborot maxsulotlarini joriy qilish va ularga xizmat ko'rsatish uchun dasturlar yo'nalishlarida ham faoliyat olib borishlari mumkin.
- fakultet bitiruvchilari iste'molchilar tomonidan juda katta talabga ega. Ularning aksariyati davlat ta'lim muassasalarida, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining institutlarida, “MAXAM-CHIRCHIQ” AJ, “O’zKTJM” AJ, “Olmaliq TMK” AJ kabi yirik tashkilotlarda, shuningdek, mudofaa vazirligining oliy o'quv yurtlari filiallari, akademik litseylar va kasb hunar maktablari hamda ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat yuritishi mumkin.
Ta'lim yo'nalishlari va darajalari:
FF
Bakalavriyat
Kod |
Yo’nalish nomi |
O’qitish shakli |
60110700 |
Fizika va astronomiya Darajasi – bakalavr |
Kunduzgi 4 yil, kechki 4,5 yil Ta’lim tili: O’zbek, Rus |
5110200 |
Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi Darajasi – bakalavr |
Kunduzgi 4 yil, kechki 4,5 yil Ta’lim tili: O’zbek, Rus |
60110900 |
Kimyo |
Kunduzgi 4 yil, kechki 4,5 yil Ta’lim tili: O’zbek, Rus |
5110300 |
Kimyo o’qitish metodikasi Darajasi – bakalavr |
Kunduzgi 4 yil, kechki 4,5 yil Ta’lim tili: O’zbek, Rus |
Magistratura
Kod |
Mutaxassislik nomi |
O’qitish shakli |
5A110201 |
Aniq fanlarni o’qitish metodikasi (fizika va astronomiya) Darajasi – Magistr |
Kunduzgi 2 yil Ta’lim tili: o’zbek, Rus |
70110701 |
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qtish metodikasi (fizika va astronomiya) |
Kunduzgi 2 yil Ta’lim tili: o’zbek, Rus |
70110801 |
Aniq va tabbiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo) |
Kunduzgi 2 yil Ta’lim tili: o’zbek, Rus |
5A110301 |
Aniq fanlarni o’qitish metodikasi (kimyo) Darajasi – Magistr |
Kunduzgi 2 yil Ta’lim tili: o’zbek, Rus |
Tayanch doktarantura (stajer-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchi)
Kod |
Ixtisoslik nomi |
O’qitish shakli |
010301 |
Astronomiya Darajasi – (Phd) falsafa doktori |
Kunduzgi 3 yil Ta’lim tili: O’zbek, Rus |
020003 |
Organik kimyo Darajasi – (Phd)falsafa doktori |
Kunduzgi 3 yil Ta’lim tili: O’zbek, Rus |
020006 |
Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi Darajasi – (Phd)falsafa doktori |
Kunduzgi 3 yil Ta’lim tili: O’zbek, Rus |