+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Xodimlar bo'limi

Bo'lim boshlig'i:

Bo'lim vazifalari:

Xodimlar bo‘limning tashkil etilishi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3152-son qaroriga muvofiq Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti tarkibida Xodimlar bo‘limi tashkil etilgan.

Bo‘limning vazifalari:

bo‘lim bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi.

universitet pedagog xodimlar, o‘quv-yordamchi, ma’muriy-boshqaruv va xo‘jalik xodimlarini ishga olish, boshqa ishga o‘tkazish, vazifasidan ozod etish bo‘yicha buyruq loyihalarini, xodimlarning mehnat daftarchalarini yuritish hamda faoliyatiga oid buyruq loyihalarini tayyorlash va rasmiylashtirish;

universitet pedagog xodimlar, o‘quv-yordamchi, ma’muriy-boshqaruv va xo‘jalik xodimlari lavozimlariga kadrlar zahirasini shakllantirish va tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish;

universitetning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislari lavozimlariga kadrlar zahirasi bilan ishlash monitoringini olib borish;

universitet tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining kasbiy saviyasi va malakasini oshirish, shuningdek, ularni qayta tayyorlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;

universitetning mas’ul va texnik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning kasbiy saviyasi hamda ishchanlik malakasini baholash;

universitet tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va mutaxassislarining sifatli tarkibini tashkil etish;

universitetda xodimlar qo‘nimsizligini va shuningdek faoliyatga oid boshqa ko‘rsatkichlarni tahlil qilish;

davlat ta’limi standartlari talablarini va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan, universitet bitiruvchi bakalavriat, magistratura bosqichlari talabalariga Davlat Attestatsiya komissiyasi qarori asosida universitet rektorining buyrug‘iga binoan davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom, diplom ilovalarini rasmiylashtirish;

o‘qishga qabul qilingan talabalarni shahsiy xujjatlarini o‘rnatilgan tartibda qabul qilish, rasmiylashtirish va ularni belgilangan muddatga qadar saqlash;

xodimlarning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalarni o‘rnatilgan tartib qoidalari, me’yoriy hujjatlar asosida rasmiylashtirish;

universitet tomonidan berilgan ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom, diplom ilovalari va guvohnoma)lar bo‘yicha tegishli organlarning so‘rovnomalariga, shuningdek, universitetning barcha hodimlari, talabalari to‘g‘risida huquq-targ‘ibot organlari so‘rovnomalariga o‘rnatilgan tartibda javob yo‘llash;

bo‘lim unga yuklangan boshqa vazifalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Xodimlar bo‘limining huquqlari:

universitetning bo‘lim va fakultetlaridan xizmat zaruriyatiga ko‘ra ma’lumotlarni belgilangan tartibda talab qilib olish;

fakultet va bo‘limlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarga xilof ravishda tayyorlangan buyruqlar hamda yo‘riqnomalarni bekor qilishni talab etish;

bo‘lim faoliyatiga oid o‘z fikr – mulohazalari va takliflari bilan universitet rektoriga taklif kiritish;

fakultet va bo‘limlarning ijro intizomi bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ularning ish samaradorligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlashni talab qilish;

fakultet va bo‘limlar tomonidan taqdim qilingan ma’lumotnoma, axborot va boshqa me’yoriy hujjatlarni, rahbariyat so‘roviga mos ravishda tayyorlashni talab qilish;

ijro intizomini mustahkamlashda tashabbuskorlik qilayotgan fakultet, bo‘lim rahbarlarini rag‘batlantirish yoki o‘z vaqtida ijrosini ta’minlamaganlagi hamda yo‘l qo‘ygan xato-kamchilik uchun intizomiy chora ko‘rish to‘g‘risida universitet rektoriga taklif kiritish;

universitet rahbariyatiga axborot berish uchun materiallar va hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlanish;

 Bo‘limning majburiyatlari:

xodimlar bilan ishlash hisobi va hisobotini yuritish, hujjatlarni saqlash, xodimlar bilan ish yuritish;

jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish

Xodimlar

Maxmudov Baxtiyar Xasanboyevich

Bo‘lim boshlig‘i

Xudaynazarov Аzamatjon O‘rinbayevich

inspektor

Nurmatova Shaxnoza Baxtiyarovna

xodimlar bo‘yicha muhandis

Mavlanova Inobat Karimboy qizi

xodimlar bo‘yicha muhandis


Ish reja: