+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Jurnal haqida

«Markaziy Osiyo geografik tadqiqotlar jurnali»


«Markaziy Osiyo geografik tadqiqotlar jurnali» xalqaro ilmiy jurnali 2021 yilda tashkil etilgan. Jurnalda O‘zbekiston, qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa xorijiy mamlakatlari geograflarining oldin chop etilmagan dolzarb mavzulardagi, tugallangan tadqiqotlarning natijalari va ularni olishda mualliflarning shaxsiy hissasini o‘zida aks ettirgan rus va ingliz tillaridagi maqolalari nashr qilinadi.

ISSN 2181-2578

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatiga olish haqidagi 1195-sonli guvohnoma, 2.07.2021 y.).

Ta’sischi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Nashriyotchi va ta’sischi manzili: 111700, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, A.Temur ko‘chasi, 104-uy.

Davriyligi: yiliga 4 son.

«Markaziy Osiyo geografik tadqiqotlar jurnali» xalqaro ilmiy jurnaliga maqolalar yil davomida elektron shaklda ca_geojournal@mail.ru elektron manziliga qabul qilinadi.

Jurnal quyidagi mavzuli bo‘limlardan iborat:

- Geografiya nazariyasi va tarixi;

- Tabiiy geografiya va geoekologiya;

- Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya;

- Gidrologiya va iqlimshunoslik;

- Rekreatsiya va turizm geografiyasi;

- Kartografiya va geoinformatika;

- Yubileylar;

- Xotira.

Maqola qo‘lyozmasini jo‘natganda muallif avtomatik tarzda uni boshqa nashrlarda tahririyatning ruxsatisiz to‘liq yoki qisman chop ettirmaslik majburiyatini o‘z bo‘yniga oladi.

Barcha jo‘natilgan maqolalar taqrizdan hamda antiplagiat tizimidan o‘tkaziladi va shundan so‘ng nashr etish yoki etmaslik to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.