Tillar:       O'zb       Eng       Рус    
Ushbu dastur kimyo fani asosida ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug'ullanishni o'rganishni umumlashtiradi. U nafaqat kimyo fani o'qituvchi pedagoklarni, balki Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida hamda Oliy o'quv yurtlarining ilmiy tadqiqot faoliyatlari bilan shug'ullanuvchi mutaxassislarni tayyorlaydi. SHuningdek ushbu dastur asosida talabalar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat olib borishi mumkin.
Ushbu dastur Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, umumiy o‘rta ta’lim muassalarida hamda professional ta’lim muassalarida fizika va astronomiyaga oid fanlarin o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, loyihalash institutlarida, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda fizika va astronomiyadan foydalanadigan sohalarda ilmiy-tadqiqot faoliyati, mos ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Shu bilan birga Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, umumiy o‘rta ta’lim muassalari hamda professional ta’lim muassalari, sohaga oid korxona va tashkilotlarida ishlashga qodir bo'lgan ko'p qirrali mutaxassislarni ham tayyorlaydi.