Fakultet strategiyasi
Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakultetining eng muhim faoliyati talabalarning o‘quv, kasbiy va madaniy saviyasini oshirish, moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, matbuot xizmatlari va boshqa hamkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini shakllantirishdan iborat. Shu bilan birga aholining keng qatlamlarini sport bilan shug‘ullanishga va sog‘lom hayot tarzini olib borishga jalb qilish; yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishlari uchun zamonaviy sharoitlarni yaratish; yoshlarda sport orqali o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonchni mustahkamlash, yosh avlodda vatanparvarlik hissini shakllantirish; tizimli ravishda iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash va tanlab olish va asosiysi, jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori intellektual va chuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir.

Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakultetining strategik vazifalari - ilmiy maktablarni shakllantirish, sport, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat hamda chaqiriqqacha harbiy ta’lim sohasida tadqiqotlar olib borish; sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim bo‘yicha nazariy va amaliy tayyorgarlik texnologiyalarini o‘zlashtirgan yuqori malakali o‘qituvchilarni tayyorlash; ta’lim sohasida eng ilg‘or tajribalarni qo‘llash orqali yuqori malakali mahalliy hamda xorijiy mutaxassislarni o‘qitish jarayoniga jalb qilish; professional sportchilarni tayyorlashga qaratilgan zamonaviy o‘quv dasturlari va innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish; ta’lim va tayyorlashning barcha darajalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish; mavjud o‘quv-metodik, moddiy texnika bazasini kompleks mustahkamlash va har tomonlama takomillashtirish, sportchilarni tayyorlashning sifatli yangi bosqichini ta’minlovchi pedagogik texnologiyalarni, o‘quv jarayoniga zamonaviy texnik vositalarni joriy etish; talabalarning nazariy va amaliy bilim darajasini oshirish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish.

Bizning burchimiz - fuqarolik pozitsiyasi, ma’naviy sifatlar, mas’uliyat hissi, qarorlarni qabul qilishdagi mustaqillik, tashabbuskorlik, bag‘rikenglik, jamiyatda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv qobiliyati, sport va ChHTning turli shakllari, vositalarini, nafaqat sport faoliyatida, balki kundalik turmushda o‘z va yaqinlari, oilasi hamda mehnat jamoasining yaxshi hayot va samarali kasbiy faoliyati uchun sog‘ligini saqlash hamda mustahkamlash sifatlariga ega bo‘lgan shaxs dunyoqarashi va madaniyatini shakllantirish.
Fakultet tarixi va tuzilishi
2019 yil 27 avgustda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tarkibida Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti tashkil etildi.
Mazkur fakultet dekani lavozimiga dotsent Telman Sa’dullaevich Achilov tayinlandi.
Bugungi kunda fakultetda 4ta kafedra faoliyat yuritmoqda. Jumladan, jismoniy madaniyat, fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport, texnologik ta’lim, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedralari.
Fakultetning professor-o‘qituvchilar tarkibi: Fakultetda hozirgi vaqtda 45 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

Amaliyot va bandlik
2019-2020 o‘quv yilida bakalavriatning to‘rtta yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oluvchilarning miqdori 593 nafar talaba.
Fakultet talabalari qatorida – 3 nafar xalqaro toifadagi sport ustasi, 19 nafar O‘zbekiston sport ustalari, 20 nafar sport ustaligiga nomzod (ular orasida: osiyo va O‘zbekiston Respublikasi g‘olib va sovrindorlari bor).
Ta’lim dasturlarini amalga oshirish uchun fakultet ixtiyorida quyidagilar mavjud: o‘quv auditoriyalari; maxsus sport zallari (sport o‘yinlari, gimnastika, yakka kurash, sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiyasi va trenajyor zallari); tekis ochiq sport inshootlari; yozgi mini-futbol maydonchalari.
Bugungi kunda TVChDPIda 10tadan ziyod sport turlari rivojlantirilmoqda. Jumladan: voleybol (yerkak va ayollar), futbol, kurash, yengil atletika, shaxmat, shashka, mini-futbol, gandbol, basketbol (yerkak va ayollar), stol tennisi va b.q.
Fakultet hamkorlari
Toshkent viloyati halq ta’limi boshqarmasi;
Chirchiq shahridagi 2 va 8- sonli umumta’lim maktablari;
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti;
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;
O‘zbekiston badiiy akademiyasi;
K.Bexzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti.

Yo‘nalish va tayyorlash darajalari ro‘yxati
oliy ta’lim – bakalavriat
Kod
|
Yo‘nalish
|
Tayyorlash profillar
|
5112000
|
Jismoniy madaniyat
daraja: bakalavr
|
kunduzgi o‘qish 4 yil; maxsus sirtqi o‘qish 3 yil; sirtqi o‘qish 5 yil;
Ta’lim tili: o‘zbek, rus
|
5111500
|
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
daraja: bakalavr
|
kunduzgi o‘qish 4 yil;
Ta’lim tili: o‘zbek
|
5112100
|
Texnologik ta’lim
daraja: bakalavr
|
kunduzgi o‘qish 4 yil; maxsus sirtqi o‘qish 3 yil; sirtqi o‘qish 5 yil;
Ta’lim tili: o‘zbek, rus
|
5110800
|
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
daraja: bakalavr
|
kunduzgi o‘qish 4 yil; maxsus sirtqi o‘qish 3 yil; sirtqi o‘qish 5 yil; kechki o‘qish 4 yil
Ta’lim tili: o‘zbek, rus
|