+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Institut kengashi




Institut Kengashi о‘z faoliyatini О‘zbekiston  Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining 1998 yil  9-dekabrdagi 345-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy о‘quv yurtlari  Ilmiy Kengashi tо‘g‘risida”gi Nizom asosida ishlab chiqilgan, Institut  Kengashining 2017 yil 30-avgustdagi 1-sonli majlis qarori bilan  tasdiqlangan Institut Kengashi tо‘g‘risidagi Nizom asosida amalga  oshiradi. Institut Kengashi tarkibi rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, institut tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar  direktorlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudiri, shuningdek,  jamoat tashkilotlari rahbarlaridan tashkil etiladi.

Institut Kengashining maqsad va vazifalari 

Institut Kengashining maqsadi – institut jamoasi  say’i-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha  imkoniyatlarni О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi va  “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tо‘g‘risida”gi qonunlarida  belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning  davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka,  kо‘nikmalarga ega bо‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yо‘naltirishdan iborat.

Institut Kengashi:

- Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq  davlat ta’lim standartlari, о‘quv rejalari va dasturlarining qat’iy  bajarilishini о‘rganib chiqadi hamda ustivor masalalar bо‘yicha tavsiya  va topshiriqlar belgilaydi;

- fakultetlarning о‘quv, ilmiy-tadqiqot va  ma’naviy-ma’rifiy ishlari tо‘g‘risidagi, akademik litseylar, institut  qoshidagi ilmiy jamiyatlarning faoliyati tо‘g‘risidagi, qabul  komissiyasining qabul natijalari tо‘g‘risidagi, shuningdek marketing  xizmatining xalq xо‘jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bо‘lgan  ehtiyoji, buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari  tо‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;

- ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar  rejalari ijrosi, professor-о‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va  qayta tayyorlash  masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni  qabul qiladi;

- oliy ta’lim muassasasi rivojlanishining yillik  va istiqboliy rejalarini tasdiqlaydi, moddiy-texnik ta’minot va  moliyaviy-xо‘jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi hamda tegishli  qarorlarni qabul qiladi;

- fakultet va kafedralarni ochish, tugatish,  о‘zgartirish, shuningdek marketing xizmati takliflarini hisobga olgan  holda yangi bakalavriat yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari  bо‘yicha kadrlar tayyorlashni yо‘lga qо‘yish yoki tо‘xtatish bilan  bog‘liq masalalar bо‘yicha qaror qabul qiladi;

  • “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog  xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi tо‘g‘risida”gi  Nizomga muvofiq professor-о‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun  tanlovlar о‘tkazadi;
  • professor, dotsent ilmiy unvonini olishga  intilayotgan izlanuvchilarning xujjatlarini kо‘rib chiqadi va  belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi;
  • ta’lim jarayonining о‘quv adabiyotlari bilan  ta’minlanganligi, yangi avlod darslik va о‘quv qо‘llanmalari, shuningdek  innovatsion ta’lim texnologiyalarini qо‘llashga asoslangan  о‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etish masalalarini  muhokama qiladi;
  • tayanch doktorantura va doktoranturaga  nomzodlarni tavsiya etadi, ularning shaxsiy rejalari va  dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlaydi;

- institut iqtidorli talabalari safidan  О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat  stipendiyalar tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;

- asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va  muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik  bazani mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti  samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni  yaxshilash bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

- xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini о‘rnatish bо‘yicha qarorlar qabul qiladi;

- ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kichik  korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida rahbarlarning  hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;

- institut talabalari va xodimlarining texnika  xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish bо‘yicha  tadbirlarni belgilaydi.


Institut Kengashi faoliyatini tashkil etish

Institut Kengashi о‘z faoliyatini har о‘quv yili  uchun ishlab chiqiladigan rejaga muvofiq amalga oshiradi. Institut  Kengashi rejasi

Institut Kengashi tomonidan kо‘rib chiqilgandan sо‘ng rektor tomonidan tasdiqlanadi.

Institutning о‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlarga doir barcha masalalar bо‘yicha 

Institut Kengashi qarorlari ochiq ovoz berish tartibida kо‘pchilikning  ovozi bilan qabul qilinadi. Institut Kengashi majlisi uning tarkibidagi  a’zolarning 2/3 qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.