Tillar:       O'zb       Eng       Рус    
Magistratura yo‘nalishida tahsil oluvchi talaba jismoniy rivojlanishni nazorat qilishning nazariy va amaliy asoslari fanini o`rganish natijasida sport sohasini boshqarish va bo`lajak o`qituvchilarda pedagogik faoliyatida o`quv yuklamalarni me`yorlashni o`rganadi. Bundan tashqari bilimlarini tashqi faktorlariga qarab aniqlash hamda birinchi tibbiy yordam ko`rsatishning amaliy va nazariy faoliyat turlarini o`rganishi, jismoniy mashq mashg`ulotlarini tashkil etish va amalga oshirish ko'nikmasini egallaydi. Talaba jismoniy rivojlanishni nazorat qilish fani haqida dastlabki bilimlarini shakllantirishda mazkur dastur muhim ahamiyatga ega.
Ushbu dastur ijtimoiy-ma'naviy fanlar o'rganish metodikasini umumlashtiradi. U nafaqat ijtimoiy fanlar o'qituvchilarni, balki ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarni tahlil qila oladigan, korxona, muassaa va tashkilotlarda, umuman barcha tashkilotlarda yoshlar va ma'naviy masalalar bo'yicha mutaxassislarni, shuningdek ilmiy va madaniy tashkilotlarida ishlashga qodir bo'lgan ko'p qirrali mutaxassislarni ham tayyorlaydi. Ushbu dasturda talabalar Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, Sharq va G‘arb ma’naviyati, Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni prognozlash va modellashtirish, Oliy ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishning xalqaro tajribasi kabi fanlari bilan tanishib, ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasining turli jihatlarini o'rganadilar va mazkur sohalarda mustaqil tadqiqot olib borish usullarini o'rganadilar va tajribaga ega bo'ladilar.
Ushbu dastur nemis tili, adabiyoti va madaniyatini o'qitisch metodikasini umumlashtiradi. U nafaqat nemis tili o'qituvchilarni, balki nemis tilini yaxshi biladigan, nemis adabiyoti va madaniyatidan xabardor bo'lgan, qo'shma korxonalarda, shuningdek, nemis tilida muloqot qiluvchilar bilan o'zaro aloqada bo'lgan ta'limiy, ilmiy va madaniy tashkilotlarida faoliyat yuritishga qodir bo'lgan yetuk mutaxassislarni tayyorlaydi. Ushbu dasturda talabalar nemis tilshunosligi, o'qitish metodologiyasining turli jihatlarini nazariy va amaliy aspektda o'rganadilar va nemis tili yoki nemis adabiyoti sohalarida mustaqil tadqiqot olib borish usullarini o'zlashtiradilar va bu borada BMKlarga ega bo'ladilar.
Ushbu dastur ingliz tili, adabiyoti va madaniyatini o'rganish metodikasini umumlashtiradi. U nafaqat ingliz tili o'qituvchilarni, balki ingliz tilini yaxshi biladigan, ingliz adabiyoti va madaniyatidan xabardor bo'lgan, qo'shma korxonalarda, shuningdek, ingliz tilida muloqot qiluvchilar bilan o'zaro aloqada bo'lgan ta'lim, ilmiy va madaniy tashkilotlarida ishlashga qodir bo'lgan ko'p qirrali mutaxassislarni ham tayyorlaydi. Ushbu dasturda talabalar ingliz tilshunosligi, o'qitish metodologiyasining turli jihatlarini o'rganadilar va ingliz tili yoki ingliz adabiyoti sohalarida mustaqil tadqiqot olib borish usullarini o'rganadilar va tajribaga ega bo'ladilar.
Mazkur dasturda bo'lajak mutaxassislar ilmiy, amaliy tadqiqotlar olib borish, tajriba natijalarini qayta ishlash va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy maqolalar tayyorlash va tahrir qilish, ilmiy seminar, konferensiya tashkil etish, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish ko'nikmalariga ega bo'ladi.
Mazkur dasturda bo‘lajak mutaxassislarga rus tilining leksik va grammatik tizimini tushunish, tarjima nazariyasi, til ko'nikmalarini egallash , o‘qitishning zamonaviy usullari ham o‘rgatiladi. Talabalar muloqot strategiyalari bo'yicha nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladilar, jahon adaboyoti, madaniyati, shaxs psixologiyasini tushunishni o'rganadilar, pedagogik antropologiya, rus tilini o'qitish nazariyasi va boshqa ko'plab tushunchalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradilar. Yo'qoridagi ko'nikmalaridan kelib chiqan holda ilmiy tadqiqotlar olib borish, dissertatsiyalr maqola va tezislar yozishpedagogik antropologiya, shaxs psixologiyasini o'rganadilar.
Mazkur dasturda bo'lajak mutaxassislar ilmiy, amaliy tadqiqotlar olib borish, tajriba natijalarini qayta ishlash va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy maqolalar tayyorlash va tahrir qilish, ilmiy seminar, konferensiya tashkil etish, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish ko'nikmalariga ega bo'ladi.
Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalarni, oliy ta’lim tizimi muassasalarida mutaxassislik bo‘yicha o‘quv-tarbiya va ilmiy-tadqiqot jarayonlari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va texnik loyihalari, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanuvchi ob’ektlar majmuasini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining pedagogik va ilmiy tadqiqot faoliyat jarayonlari, ilmiy-pedogogik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy boshqaruv, oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida tasviriy va amaliy san’at fanlarini o‘qitish uchun ilmiy va pedagogik faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.
Mazkur dasturda bo‘lajak mutaxassislarga dunyo xalqlarining madaniyati, O'zbekiston va jahon tarixi, arxeologiya, muzeyshunoslik, manbashunoslik, etnologiya, tarixiy tadqiqot metodologiyasi fanlaridan nazariy va amaliy bilimlarga ega bo'ladilar shu bilan birga yo'qoridagi ko'nikmalaridan kelib chiqan holda ilmiy tadqiqotlar olib borish, dissertatsiyalar maqola va tezislar yozish, pedagogik antropologiya, shaxs psixologiyasini o'rganadilar.
Ushbu dastur geografiya o'qitish metodikasi bo'yicha zamonaviy bilimlarni egallashni kafolatlaydi. U nafaqat geografiya o'qitish metodikasi bo'yicha, balki geograf-mutaxassislarga tadqiqotchilik va ijodiy kompetensiyalarni rivojlantirishga asoslanadi. Bo'lajak mutaxassislarni oliy ta'lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, turizm, kartogarafiya, ekologiya va tabiatni muhofaza etish tashkilotlarida ishlashga qodir bo'lgan ko'p qirrali mutaxassislarni tayyorlaydi. Mazkur dastur orqali talabalar tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografik jarayonlar tadqiq etish metodologiyasini o'rganadilar.
Ushbu dastur biologiya va uni o'qitish metodikasini umumlashtiradi. Dastur davomida magistrlar o'qitishning zamonaviy, innovatsion usullarini o'rganish bilan bir qatorda, ta'lim jarayonida zarur bo'ladigan metodologik va neyrobiologik, ilmiy tadqiqot ishlarida zarur bo'ladigan enzimologik, molekulyar biologik bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladigan, OTMlarda hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat ko'rsata oladigan ko'p qirrali mutaxassislar tayyorlaydi. Ushbu dastur davomida magistrantlar biologiyaning konseptual masalalarini aniqlash va ularning yechimlarini ishlab chiqish hamda amliyotga joriy etish kabi ko'nikmalarg ega bo'ladilar.
Ushbu dastur kimyo fani asosida ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug'ullanishni o'rganishni umumlashtiradi. U nafaqat kimyo fani o'qituvchi pedagoklarni, balki Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida hamda Oliy o'quv yurtlarining ilmiy tadqiqot faoliyatlari bilan shug'ullanuvchi mutaxassislarni tayyorlaydi. SHuningdek ushbu dastur asosida talabalar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat olib borishi mumkin.
Ushbu dastur Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, umumiy o‘rta ta’lim muassalarida hamda professional ta’lim muassalarida fizika va astronomiyaga oid fanlarin o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, loyihalash institutlarida, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda fizika va astronomiyadan foydalanadigan sohalarda ilmiy-tadqiqot faoliyati, mos ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Shu bilan birga Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, umumiy o‘rta ta’lim muassalari hamda professional ta’lim muassalari, sohaga oid korxona va tashkilotlarida ishlashga qodir bo'lgan ko'p qirrali mutaxassislarni ham tayyorlaydi.
Ushbu dastur ta'lim sohasida zarur bo'ladigan axborot texnologiyalarini o'rgatadi. U nafaqat o'qituvchilarni, balki dasturiy ta'minot zarur bo'ladigan sohalarda, shuningdek korxona va tashkilotlarda, ilmiy tekshirish institutlarida faoliyat olib borishga qodir bo'lgan ko'p qirrali mutaxassislarni tayyorlaydi. Ushbu dasturda talabalar ilmiy izlanishlar olib borish ko'nikmalariga ega bo'ladilar va mustaqil tadqiqot olib borish usullarini o'rganadilar.
Ushbu dastur matematika o'qitish metodikasini umumlashtiradi. U nafaqat o'qituvchilarni, balki matematik yechimlar zarur bo'ladigan tashkilotlarda, shuningdek ilmiy tekshirish institutlarida faoliyat olib borishga qodir bo'lgan ko'p qirrali mutaxassislarni tayyorlaydi. Ushbu dasturda talabalar ilmiy izlanishlar olib borish ko'nikmalariga ega bo'ladilar va mustaqil tadqiqot olib borish usullarini o'rganadilar.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlashning nazariy va amaliy ma’lumotlarini umumlashtiradi va innovatsion g‘oyalar bilan to‘ldiradi, soha bo‘yicha ta’lim mazmunini tahlil qilishni va takomillashtirishni, milliy va xalqaro kasbiy dialoglar tashkil etishni, daktil va imo-ishoralardan foydalanishni, korreksion mashg‘ulotlar modernizatsiyalash bo‘yicha takliflar tayyorlashni, surdotexnika vositalari va dasturlaridan foydalanishni hamda ularni takomillashtirishni, surdotarjimani, inklyuziv ta’lim sharoitida korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni olib borishni va jarayonga yangiliklar olib kirishni, tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etishni o‘rgatadi.
Maktabgacha ta’lim magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, umumiy o‘rta ta’lim muassalarida hamda professional ta’lim muassalarida maktabgacha ta’limga oid fanlarni o‘qitish; ilmiy-tadqiqot institutlarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, loyihalash institutlarida, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; maktabgacha ta’limda foydalanadigan sohalarda ilmiy-tadqiqot faoliyati; maktabgacha ta’lim metodikasidan foydalanib integratsion mashg’ulotlar tashkil etish va ularning didaktik ta’minoti; maktabgacha ta’limga oid tadqiqotlar olib borish, o’quv-tarbiyaviy faoliyatini olib borishda kompetensiyaviy yo’ndashuvni qamrab oladi.
Ta’lim sohasidagi mutaxassislik bulib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o'qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmok ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, mos ta’lim yunalishlari buyicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahaliy davlat boshqaruvi organlarida faoliyatni tashkil etish va boshqarishga oid kompleks masasalarni hal etish, shuningdek sohani rivojlantirishda xavfsizlikni ta’minlash, istiqbolni belgilashga, kasbiy kunikmaga, mutasaddilik kobiliyatiga yo'naltirigan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarini keng miqiyosda o'rganadi.
Ushbu dastur shaxslarning ruhiy holatlarini va individual psixologik xususiyatlarini o‘rganish metodikasini umumlashtiradi. Oliy ta'lim muassasalari va umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari, maktabdan tashqari muassasalarida pedagogika va psixologiya fanlaridan o‘rnatilgan tartibda dars berish, mos ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta'limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib, pedagogika va psixologiya fanlar yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida katta ilmiy xodim bo‘lib, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma'naviyat va ma'rifat markazlarida ishlash, kasbga yo‘naltirish, guruh rahbari faoliyatida faol qatnashish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi. Pedagogika - magistr bosqichida manbaalarga asoslangan holda innovatsion va fundamental tadqiqotlar olib borish, sohaning nazariy va amaliy muammolarini bilish davr uchun dolzarb, hal etilishi lozim bo‘lgan va takomillashtirish talab etiladigan vazifalarni bajarish, globallashuv sharoitida kechayotgan jarayonlarda axborot kommunikasiya texnologiyalarining o‘rni va ta'siri haqida tushuncha, umuminsoniy qadriyatlar, vatanparvarlik, sadoqat kabi yuksak insoniy fazilatlarni ochib berish malakalariga ega bo‘lishi lozim.