Tillar:       O'zb       Eng       Рус    
Ushbu dastur geografiya o'qitish metodikasi bo'yicha zamonaviy bilimlarni egallashni kafolatlaydi. U nafaqat geografiya o'qitish metodikasi bo'yicha, balki geograf-mutaxassislarga tadqiqotchilik va ijodiy kompetensiyalarni rivojlantirishga asoslanadi. Bo'lajak mutaxassislarni oliy ta'lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, turizm, kartogarafiya, ekologiya va tabiatni muhofaza etish tashkilotlarida ishlashga qodir bo'lgan ko'p qirrali mutaxassislarni tayyorlaydi. Mazkur dastur orqali talabalar tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografik jarayonlar tadqiq etish metodologiyasini o'rganadilar.
Ushbu dastur biologiya va uni o'qitish metodikasini umumlashtiradi. Dastur davomida magistrlar o'qitishning zamonaviy, innovatsion usullarini o'rganish bilan bir qatorda, ta'lim jarayonida zarur bo'ladigan metodologik va neyrobiologik, ilmiy tadqiqot ishlarida zarur bo'ladigan enzimologik, molekulyar biologik bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladigan, OTMlarda hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat ko'rsata oladigan ko'p qirrali mutaxassislar tayyorlaydi. Ushbu dastur davomida magistrantlar biologiyaning konseptual masalalarini aniqlash va ularning yechimlarini ishlab chiqish hamda amliyotga joriy etish kabi ko'nikmalarg ega bo'ladilar.