Tillar:       O'zb       Eng       Рус    
Ushbu dastur ijtimoiy-ma'naviy fanlar o'rganish metodikasini umumlashtiradi. U nafaqat ijtimoiy fanlar o'qituvchilarni, balki ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarni tahlil qila oladigan, korxona, muassaa va tashkilotlarda, umuman barcha tashkilotlarda yoshlar va ma'naviy masalalar bo'yicha mutaxassislarni, shuningdek ilmiy va madaniy tashkilotlarida ishlashga qodir bo'lgan ko'p qirrali mutaxassislarni ham tayyorlaydi. Ushbu dasturda talabalar Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, Sharq va G‘arb ma’naviyati, Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni prognozlash va modellashtirish, Oliy ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishning xalqaro tajribasi kabi fanlari bilan tanishib, ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasining turli jihatlarini o'rganadilar va mazkur sohalarda mustaqil tadqiqot olib borish usullarini o'rganadilar va tajribaga ega bo'ladilar.
Mazkur dasturda bo'lajak mutaxassislar ilmiy, amaliy tadqiqotlar olib borish, tajriba natijalarini qayta ishlash va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy maqolalar tayyorlash va tahrir qilish, ilmiy seminar, konferensiya tashkil etish, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish ko'nikmalariga ega bo'ladi.
Mazkur dasturda bo‘lajak mutaxassislarga rus tilining leksik va grammatik tizimini tushunish, tarjima nazariyasi, til ko'nikmalarini egallash , o‘qitishning zamonaviy usullari ham o‘rgatiladi. Talabalar muloqot strategiyalari bo'yicha nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladilar, jahon adaboyoti, madaniyati, shaxs psixologiyasini tushunishni o'rganadilar, pedagogik antropologiya, rus tilini o'qitish nazariyasi va boshqa ko'plab tushunchalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradilar. Yo'qoridagi ko'nikmalaridan kelib chiqan holda ilmiy tadqiqotlar olib borish, dissertatsiyalr maqola va tezislar yozishpedagogik antropologiya, shaxs psixologiyasini o'rganadilar.
Mazkur dasturda bo'lajak mutaxassislar ilmiy, amaliy tadqiqotlar olib borish, tajriba natijalarini qayta ishlash va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy maqolalar tayyorlash va tahrir qilish, ilmiy seminar, konferensiya tashkil etish, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish ko'nikmalariga ega bo'ladi.
Mazkur dasturda bo‘lajak mutaxassislarga dunyo xalqlarining madaniyati, O'zbekiston va jahon tarixi, arxeologiya, muzeyshunoslik, manbashunoslik, etnologiya, tarixiy tadqiqot metodologiyasi fanlaridan nazariy va amaliy bilimlarga ega bo'ladilar shu bilan birga yo'qoridagi ko'nikmalaridan kelib chiqan holda ilmiy tadqiqotlar olib borish, dissertatsiyalar maqola va tezislar yozish, pedagogik antropologiya, shaxs psixologiyasini o'rganadilar.