Tillar:       O'zb       Eng       Рус    
Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalarni, oliy ta’lim tizimi muassasalarida mutaxassislik bo‘yicha o‘quv-tarbiya va ilmiy-tadqiqot jarayonlari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va texnik loyihalari, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanuvchi ob’ektlar majmuasini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining pedagogik va ilmiy tadqiqot faoliyat jarayonlari, ilmiy-pedogogik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy boshqaruv, oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida tasviriy va amaliy san’at fanlarini o‘qitish uchun ilmiy va pedagogik faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.