+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Ilmiy-tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi

Bo'lim boshlig'i: Otamuxamedova Go'zal Qamariddinovna
Otamuxamedova Go'zal Qamariddinovna

Otamuxamedova Go'zal Qamariddinovna

Bo'lim vazifalari:

Bo’limning vazifalari:

 

  • Institut fakultet va kafedralari, ilmiy laboratoriyalari va bo‘limlarida rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlarining yillik va istiqbol rejalarini tuzish, ularni bajarilishini tashkillashtirish, tegishli amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish, o‘rnatilgan tartiblar asosida hisobotlar tayyorlanishi nazorat qilish.
  • Doktorantura (DSc) va tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qilish, fakultet va kafedralarning ilmiy darajali kadrlar bilan ta’minlash strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
  • Institut olimlarini chet el va davlat grantlari, xo‘jalik shartnomalari asosidagi tadqiqotlarga jalb etish, kafedralarda yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni xalq xo‘jaligiga tadbiq etilishi, innovatsion hamkorlik ishlari va yarmarkalarga faol ishtirok etishini ta’minlash.
  • Institut bazasida professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar ishtirokida xalqaro, respublika va mahalliy miqyosdagi ilmiy konferensiya va seminarlar o‘tkazish rejalarini ishlab chiqish va ularning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash.
  • Fakultet va kafedralarda talabalar ilmiy to‘garaklari, yosh olimlar va talabalar jamiyatlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ularning samarali faoliyat yuritishini tashkil qilish. Yosh olimlar va iqtidorli talabalarni mablag‘li ilmiy ishlarga jalb qilinishini muvofiqlashtirish.
  • Ilmiy tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra monografiya, maqola va konferensiya materiallarini nashr qilish rejasini ishlab chiqish va bajarilishini ta’minlash.
  • Kafedralarda “Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion korporativ hamkorligi” sohasida olib borilayotgan ishlar monitoringini olib borish.

 


 


1.      

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2017 YIL 22 NOYABRDAGI “OLIY MALAKALI VA ILMIY PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH VA ATTESTATSIYADAN O’TKAZISH TARTIBINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI” TO’G’RISIDAGI 937-SONLI QARORI

2.      

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2017 YIL 22 MAYDAGI 304-SON «OLIY O‘QUV YURTIDAN KEYINGI TA’LIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA»GI QARORI

3.      

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2017 YIL 17 OKTYABRDAGI 839-SON «DOKTORANTLARNING ILMIY-TADQIQOT ISHLARI BILAN SHUG‘ULLANISHLARI UCHUN MODDIY SHART-SHAROITLAR YARATISH VA MEHNAT FAOLIYATINI YANADA RAG‘BATLANTIRISH TO‘G‘RISIDA»GI QARORI

4.      

OLIY MA’LUMOTLI MUTAXASSISLAR TAYYORLASH SIFATINI OSHIRISHDA IQTISODIYOT SOHALARI VA TARMOQLARINING ISHTIROKINI YANADA KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2017 YIL 27 IYULDAGI PQ-3151-SON QARORI

5.      

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYOSATINING “ILMIY DARAJALAR BERUVCHI ILMIY KENGASH TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA”GI 2017 YIL 31 MAYDAGI 239/3-SON QARORI

6.      

OAK RAYOSATINING«DOKTORLIK DISSERTATSIYASI VA DISSERTATSIYA AVTOREFERATINI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA»GI QARORGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA»GI 2017 YIL 31 MAYDAGI 239/8-SON QARORI

7.      

OAK RAYOSATINING«DOKTORLIK DISSERTATSIYALARI ILMIY NATIJALARINING AMALIYOTGA JORIY QILINISHINI BAHOLASH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALARNI TASDIQLASH HAQIDA»GI QARORGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA»GI 2017 YIL 31 MAYDAGI 239/9-SON QARORI

Bo‘limning tashkil etilishi va uning faoliyati bilan bog‘liq hujjatlar:

Ish reja:

Bo’limning maqsadi:

 

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2789 sonli “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida Ilmiy-tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda TVCHDPI Ustavi va Kengashi qarorlari, TVCHDPI rektorining buyruqlari ijrosini ta’minlash bilan bir qatorda institutda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish, davlat ilmiy-texnika dasturlarini hamda fan va texnika sohasining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni muvofiqlashtirish, ustuvor, istiqbolli va ilg‘or ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlarni tashkil qilish faoliyatini amalga oshiradi.

  

Qo'shimcha

Ilmiy-tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limiga tegishli boshqa ma'lumotlar