+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Doktorantura va mustaqil tadqiqotchilar

Oliy oquv yurtidan keying talim institutiga talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi talim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ilovalariga muvofiq tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi talimga qoyiladigan davlat talablari” va “Oliy o‘quv yurtidan keyingi talim togrisida Nizom”ga asosan qabul qilinadi hamda oqish jarayoni tashkil qilinadi. Yuqoridagi meyoriy hujjatga asosan:


Oliy o‘quv yurtidan keyingi talim institutlariga kiruvchi talabgorlarga qo‘yiladigan talablar

Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga qabul qilish OTM yoki ITMlari tashkil etadigan qabul komissiyalar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida amalga oshiriladi.

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlarni tanlab olish kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, doktoranturaga esa - suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Mustaqil izlanuvchilik institutiga rasmiylashtirish suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

magistr darajasi yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun),yoki oliy malumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka ikki yildan kam bo‘lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega bo‘lgan shaxslar rasmiylashtiriladi.


Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:


o    ariza;

o    qisqacha biografik malumotnoma;

o    mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

o    oliy talim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy malumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

o    nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

o    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.


Doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:


o    Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak;

o    fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajalar;

o    fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.


Doktoranturada o‘qishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:


o    ariza;

o    qisqacha biografik malumotnoma;

o    mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

o    oliy malumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

o    tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy maruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

o    nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.


Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan OTM yoki ITMga murojaat qiladi:


o    qisqacha biografik malumotnoma;

o    falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy malumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

o    mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

o    ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;

o    fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

o    ish joyidan tavsifnoma.



Qarorlar ilova qilinadi (zagruzka qilish uchun)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 304-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 937-son qarori

Ixtisosliklar royhati


Ixtisosliklar-ruyhati-uzb.pdf

oak-tavsiya-etgan-ilmiy-jurnallar-royxati.pdf

937.pdf

304 қарор.pdf

imtion-dasturi-070001-uzbekiston-tarikhi.pdf

imtion-dasturi-chet-tili.pdf

imtion-dasturi-100001-uzbek-tili.pdf

imtion-dasturi-020003-organik-kime.pdf

imtion-dasturi-030006-yuori-molekulyar-birikmalar.pdf

imtion-dasturi-010301-astronomiya.pdf

Таянч_докторантура_2021_қабули_бўйича_буйруқ.pdf

ТВЧДПИ 01_03_01 - Астрономия_Дастур.pdf

ТВЧДПИ 02_00_06-ЮМБК дастури.pdf

ТВЧДПИ_01_01_01_математик_анализ.pdf

ТВЧДПИ_02_00_03_Органик_кимё_дастури.pdf

ТВЧДПИ_03_00_07_Ўсимликлар_физиологияси.pdf

ТВЧДПИ_07_00_01_–_Ўзбекистон_тарихи.pdf

ТВЧДПИ_10_00_01-Ўзбек тили_ТД_дастури.pdf

Стажёр фармойиш.pdf

Стажёр буйриқдан кўчирма.pdf

ТВЧДПИ 01.03.01 - Астрономия_Дастур.pdf

ТВЧДПИ 02.00.06-ЮМБК дастури.pdf

ТВЧДПИ_02_00_03_Органик_кимё_дастури.pdf

ТВЧДПИ_03_00_07_Ўсимликлар_физиологияси_Стажёр.pdf

ТВЧДПИ_07_00_01_–_Ўзбекистон_тарихи_стажёр.pdf

ТВЧДПИ_10_00_01_Ўзбек тили_ТД_дастури Стажёр.pdf

ТВЧДПИ_дастур_01_01_01_математик_анализ_Стажёр.pdf

Мутахассислик_фанидан_имтихон_натижалари.pdf

Қўшимча малакавий имтиҳон.pdf

Institutda oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga kirish imtihonlarini o‘tkazish to‘g‘risida

Qo'shimcha

Doktorantura va mustaqil tadqiqotchilarga tegishli boshqa ma'lumotlar