Tillar:       O'zb       Eng       Рус    
Ushbu ixtisoslikda turli mamlakat va rayonlar ichidagi joylashuv xususiyatlar hamda hududiy iqtisodiy-ijtimoiy sistemalarning shakllanish qonuniyatlarini, uning asosiy vazifalari va aholi hayoti bilan bogʻliq soxalarning joylashishiga taʼsir etuvchi omil va sharoitlarni taxlil qilish, vujudga kelgan iqtisodiy geografik vaziyat, hududiy tarkibi va strukturasini baholash, ularni bashorat qilish va boshqarish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi.
Mazkur ixtisoslikda tayanch doktorantlar yerning geografik qobigʻi tabiiy tarkibi va uning strukturaviy qismlari: barcha darajadagi tabiiy hududiy majmualarini (shuningdek, suv havzalarini ham), tabiatshunoslik fanlarining tarmoqlari va tabiiy geografik majmualarning makon va zamonda obʼyektiv mavjudligini eʼtirof etish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borishadi.
Mazkur ixtisoslikda muhitning turli sharoitlari ostida o‘simliklarning hayoti va faoliyati jarayonida kechadigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarni tadqiq etish va turli hil o‘simliklarning fiziologik va biokimyoviy jarayonlarini o‘rganib, ulardan qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalaridagi muammolarni hal etishda foydalanish ustida imiy izlanislar olib boriladi.
Mikrobiologiya va virusologiya ixtisosligi hozirgi zamon mikrobiologiya va virusologiyasining asosiy metodologik aspektlari, sanoatdagi, qishloq xo‘jaligi va ekologik muammolarni yechishdagi o‘rnini o‘rganishda nazariy va amaliy masalalarni yechish uchun asos bo‘lib xizmat qilib ular ichida prokariot mikroorganizmlar ayrim o‘rin tutishi, ularni tabiiy jarayonlarida qatnashishlari o'rganiladigan ixtisoslik hisoblanadi.