Tillar:       O'zb       Eng       Рус    
Ushbu ixtisoslik bo'yicha inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlari, psixologiyaning tadqiqot predmetlari, sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalaro'rganilib ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
Mazkur ixtisoslikda Professional ta’lim tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi berilishi, ilmiy izlanuvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirilishi, tanlab olingan ixtisoslik bo'yicha kelgusida o'zlarining ilmiy yo'llarini rivojlantirishni tadqiq qilinadi.
Mazkur ixtisoslikda “Pedagogik texnologiya”, “metodika”, “metodlar”, “shakllar” va “vositalar” tushunchalari. Pedagogik texnologiyalarning mezonlari, Pedagogik texnologiyalarning tuzilishi, “Pedagogik texnologiya”ning mohiyati va unga qo‘yilgan talablar, Metodika va texnologiya, Ta’lim metodlari va ularning tasnifi, Ta’lim usullari va vositalari, Ta’lim shakllari, Pedagogik muloqotning asosiy shakllari, Ta’lim tizimlari,
Pedagogik texnologiyalarni turlarga ajratish muammolari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi.
Pedagogika ixtisosligi bo‘yicha nazariy va kasbiy tayyorgarlik darajasi, ushbu fanning shakllanish va rivojlanish tarixini, umumiy konsepsiyalari va metodologik asoslari, manbalarini, mazkur bilimlar tarmog‘ining asosiy nazariy va amaliy muammolarini, mavjud materialni nechog‘lik bilishini aniqlab berishi, uning ilmiy adabiyotlar, shu jumladan, chet el davriy nashrlari hamda ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy usullarini yoritib beruvchi ixtisoslik.