Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 53 marta
Tegishli bo'limi: Talabalar uchun
Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri sub’ektlari hamkorligini ta’minlashning amaliy natijasi sifatida bo‘lajak ta’lim muassasasi boshqaruvchilari - "Maktab menejmenti" yo‘nalishi talabalariga seminar-trening tashkil etildi.
Unda Chirchiq shahar 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Go‘zal Tirkasheva, "Quantum Elite School" xususiy maktabi menedjeri Janona Ablakulova, Maktab menejmenti kafedrasi professor-o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.
Asosiy e’tibor talabalarni zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor, jamoasini bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlar etib tayyorlashga qaratildi.
– Treninglar doirasida kelgusi faoliyatimizga oid ko‘plab qiziqarli bilimlarni oldik, tajribamizni oshirdik, – deydi maktab menejmenti yo‘nalishi talabasi Xalima Amanova. – Meni e’tiborimni tortgan jihat shu bo‘ldiki, endi har bir maktab o‘zining rivojlantirish strategiyasini (istiqbol reja) shakllantirishda ta’lim tizimining maqsad va qadriyatlarini asos qilib olishi kerak.
Bu kabi amaliy seminar kelgusida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning rahbarlari bilan ham o‘tkazishga kelishib olindi.