Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 411 marta
Tegishli bo'limi: Talabalar uchun
Chirchiq davlat pedagogika universitetida yoshlarni ekstremistik, terroristik va missionerlik g‘oyalaridan asrash, ularning ana shu g‘oyalarga qarshi ma’naviy immunitetini yuksakltirish, internetdagi axborot va ma’lumotlardan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan tasviriy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati hokimligi, Respublika “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Respublika “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi Isfandiyor Latipov, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasur domla Raupov, universitet rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov, mahalla faollari, universitet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Rasmiyatchilikdan holi tarzda bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda kommunikatsiya va informatsion texnologiyalarning tez sur’atlardagi taraqqiyoti g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki bo‘lib, geosiyosiy maqsadlarga bo‘ysindirilgan, inson qalbi va ongi uchun kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining ko‘payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon bo‘layotganligi haqida so‘z bordi.