Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 508 marta
Tegishli bo'limi: Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

2022 yilning 1 - dekabrdan 2023 yilning 30 - yanvarigacha Rossiya federatsiyasining Novasibirskiy shahrida “XVIII-Xalqaro Sibir keramika festivali” bo’lib o’tmoqda.
Festival madaniyat vazirligi hamda Novosibirskiy viloyati ko‘magida milliy hunarmandchilik va kulolchilikning xalqaro an’analarini rivojlantirish, kelajak avlodga yetkazish, yoshlar o‘rtasida kulolchilikni ommalashtirish va iqtidorli yoshlarni birlashtirish, yoshlarning ijodiy faoliyatini rag‘batlantirib borish maqsadida tashkil etilgan.
Mazkur Xalqaro festivalda dunyoning ko‘plab mamlakatlari qatorida O‘zbekiston vakillari, xususan Chirchiq davlat pedagogika universiteti, San’atshunoslik fakulteti, Tasviriy san’at va dizayn kafedrasi katta o‘qituvchisi Marasulova Izzat Muhammadsultonovna mutaxxassis sifatida hamda “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi Burhoniddinov Oybek Husan o‘g‘li ijodiy tanlov ishtirokchisi sifatida ishtrok etmoqda.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Bo’lib o’tayotgan festivalda Tasviriy san’at va dizayn kafedrasi katta o‘qituvchisi I.M.Marasulova O’zbekiston kulolchiligi mavzusida ma’ruzasi bilan ishtrok etgan bo‘lsa, talabamiz Rishton kulolchilik an’analari asosida festivalning murakkab bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi. Betakror kulolchilik asarlari va iqtidorini namoyish qilib “XVIII-Xalqaro Sibir keramika festivali” ning II-darajali diplom, sertifikat va sovg‘alari bilan taqdirlandi.