Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 87 marta
Tegishli bo'limi: Talabalar uchun
Bugun, 28-mart kuni Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov mas'ullar ishtirokida ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlardagi mavjud kamchiliklar, qiynayotgan muammolarni o'rganish maqsadida talaba-yoshlar holidan xabar oldi.
Jarayon davomida universitet rahbari ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalar sharoiti bilan tanishdi, ular bilan suhbatlashdi. Talaba-qizlarning fikr-mulohazalarini tingladi. Bildirilgan takliflar bo'yicha mas'ullarga aniq va manzilli topshiriqlar berildi.
Rektor ijara xonadonlarini o'rganishda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar yuzasidan xonadon egalariga bartaraf etish bo'yicha kerakli ko'rsatma va tavsiyalarni berdi.