Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 845 marta
Tegishli bo'limi: Yangiliklar
2022 yil 6-yanvar kuni institutda fakultetlarning Xotin-qizlar Kengashi raislari, dekanning yoshlar bilan ishlash bо‘yicha о‘rinbosarlari, tyutorlar hamda ma’naviyat va ma’rifat masalalariga mas’ullari ishtirokida о‘quv seminar ish boshladi. О‘quv seminarning 1-kunida “Talabalar о‘rtasida ma’naviy-psixologik muhit barqarorligini ta’minlash masalalari”, “Talabalar bilan ishlash metodikasi”, “Yoshlar о‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish mexanizmlari” mavzularida ilmiy-nazariy va ilmiy amaliy mashg‘ulot о‘tkazildi. Mashg‘ulot «IMPAKT – о‘rganishga va о‘rgatishga qiziqtirish Markazi” rahbari, pedagog-psixolog Samesova Shaxnoza Abdukarimovna, Chirchiq shahar prokurorining katta yordamchisi, Adliya maslaxatchisi Zamitova Lobar Bakirovna hamda Institut Bosh tyutori, katta о‘qituvchi Isroilova Dilafruz Muhitdinovna tomonidan seminar-treninglari shaklida tashkil etildi.
|
|