Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 138 marta
Tegishli bo'limi: Madaniy va ma'rifiy tadbirlar
Yurtimizda muqaddas dinimizning insonparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan ezgu an’analarini munosib davom ettirishga ulkan e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda, ayniqsa, bilim va ma’rifat, ma’naviy poklik, mehr-oqibat, xayru saxovat fazilatlari ulug‘lanadigan muborak Ramazon oyining ahamiyati katta bo‘layotganini ta’kidlash lozim.
Gumanitar fakulteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi jamoasi talabalar uyiga tashrif buyurib, talabalar bilan iftorlik qilishdi. Ramazon oyining mo‘’tabar an’anasi sanalgan iftor dasturxoni bahonasida kafedra jamoasi talabalar bilan suhbatlashib, ularning fikrlariga quloq tutdi.
Iftorlik davomida kafedra professorlari, yetakchi tarixchi olimlar talabalarga jadid bobolarimizning ibratli hayot yo‘li, noyob adabiy va ilmiy merosi haqida gapirib berdilar. Islomda ulug‘langan tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado etishlik farzligi ta’kidlandi.
Qur’on tilovat etilib, o‘tganlar haqiga duo qilindi. Talabalarga osh tortildi.