Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 762 marta
Tegishli bo'limi: Davra suhbatlari
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakultetida Tarix fanlarini o‘qitishda nazariy ta’lim bilan amaliyotni uyg‘unlashtirish maqsadida “Arxeologiya ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi” tashkil etildi. Laboratoriyada Toshkent vohasi tarixiga oid 400 ga yaqin arxeologik ashyolar jamlangan bo‘lib, mazkur laboratoriyada talabalar arxeologik eksponatlarni o‘rganish, rekonstruksiya qilish hamda mazkur arxeologik ashyolarning o‘zbek, rus, ingliz tillaridagi bazasini yaratish borasida ish olib bormoqdalar.
Laboratoriyaning zamonaviy “Smart” doska bilan ta’minlanishi talabalarga arxeologik ashyolarning ko‘rinishini tiklash, ularning “3D” formatini xamda eksponatlarning elektron bazasini yaratish imkoniyatini yaratdi.
Muhim jihati shuki, Sa’natshunoslik fakulteti Tasviriy san’at yo‘nalishi talabalari hamda magistrlari ham o‘quv labarotoriyasida arxeologik ashyolar asosida o‘z ijodiy ishlarini yaratmoqda.
“Arxeologiya ilmiy-tadqiqot laboratoriya” faoliyatini takomillashtirish, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida 17 oktyabr kuni Toshkent viloyati Madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i M.M.Isroilov taklif etildi. Toshkent viloyati tarixini o‘rganish, ommalashtirish hamda tadqiqotlar olib borishda hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandum imzolashga kelishib olindi.
Shuningdek, halqaro hamkorlik doirasida Qozog‘iston Respublikasi Xalqlar do‘stligi Universiteti geografiya fanlari nomzodi, dotsenti M.D.Mamadiyarov laboratoriya faoliyati bilan yaqindan tanishib, kelgusida Toshkent vohasi va Janubiy Qozog‘iston hududlaridagi arxeologik yodgorliklarni o‘rganish yuzasidan hamkorlik qilish, xalqaro konferensiya tashkil etish yuzasidan hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.