Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 180 marta
Tegishli bo'limi: Sport
Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida "Talabalar ligasi" sport musobaqasi doirasida (qiz bolalar, o‘g‘il bolalar o‘rtasida) sportning "Basketbol" turi bo'yicha viloyat hududiy bosqichiga start berildi.
Unda Toshkent viloyatidagi barcha OTM lardan jamoalar ishtirok etishyabdi.
Tantanali tadbirni universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Odiljon Ziyodullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha musobaqa qatnashchilariga omad tiladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.
Ochilish marosimidan so‘ng, "Pedagog" sport klubi raisi o‘rinbosari Ravshan Mamatqulov musobaqa qatnashchilarini qoidalari bilan tanishtirdi va belgilangan grafik asosida musobaqalarga start berdi.