Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 160 marta
Tegishli bo'limi: Konferentsiya
Toshkent shahri, Hilton mehmonxonasining anjumanlar zalida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti, Jahon banki va OECD tashkiloti hamkorligida O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.
Mazkur xalqaro konferensiyada universitetimizning Boshlangʻich taʼlim nazariyasi kafedrasi dotsenti, pedagogik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Maftuna Qurbonova ham ishtirok etdi.
Ushbu konferensiya PISA 2022 tadqiqoti natijalarining xalqaro darajada eʼlon qilinishi munosabati bilan tashkil etildi.
PISA 2022 tadqiqotida, O‘zbekistondagi 15 yoshli o‘quvchilar matematika fanidan jami 364 ballni qo'lga kiritdi.
Mazkur yo‘nalishda o‘g‘il bolalar qizlarga qaraganda balandroq, maktablar joylashuvi bo‘yicha tahlil qilinganda shahar maktablari qishloq maktablaridan yaxshiroq natija qayd etdi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, PISA 2022 tadqiqotda ustuvor yo‘nalish etib matematika belgilangan edi.