Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 250 marta
Tegishli bo'limi: Talabalar uchun
Gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mo‘ydinov Qodirjon Abdurasulovich tomonidan “Soha tili leksikasini o‘rganish muammolari” mavzusidagi ilmiy seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Seminar davomida o'zbek tilshunosligida barcha sohalar tili va nutqi leksikasi ilmiy-nazariy jihatdan to'liq o'rganilmaganligi, shunga ko'ra o'zbek tili va nutqi leksikasining funksional-semantik va semantik-uslubiy xususiyatlarini atroflicha tadqiq qilish bugungi zamonaviy tilshunoslik oldidagi dolzarb masala sifatida muhokama etildi.
Shuningdek, soha tili va nutqi leksik birliklarini tahlil qilish va shu asosda tadqiqotning o'ziga xos yo'nalishini belgilash, soha tili va nutqi leksik birliklarining ma'no guruhlarini aniqlash, soha tili va nutqi leksikasining semantik-uslubiy xususiyatlarini o'rganish, soha tili va nutqi leksik birliklari o'rtasidagi sinonimik, antonimik, giponimik, partonimik, funksionomik, graduonimik kabi semantik munosabatlarni ko'rsatish soha tili va nutqi leksik birliklarini qo'llash bo'yicha tavsiyalar berildi.
Seminar qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.