Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 674 marta
Tegishli bo'limi: Seminarlar
Universitetda individual ta'lim yondashuvi asosida talabalarning pedagogik mahoratini oshirish maqsadida "Mentorlik sari" o‘quv seminari ilk bitiruvchilarining mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mahorat darsida 40 ga yaqin talabalar seminarning fasilitator bosqichigacha bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarini universitet rektori, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va barcha maʼmuriyat aʼzolari bilan oʻrtoqlashishdi. Seminarning qiziq tomoni shunda boʻldiki, barcha professor-oʻqituvchilar maktab oʻquvchilari rolini bajarishdi.
Tadbir soʻngida universitet rektori G'.I.Muhamedov soʻzga chiqib, Yangi Oʻzbekistonni faqat yangi dunyoqarashdagi yoshlar, xususan, boʻlajak pedagoglargina qura olishi, talabalarni zamon talablariga, zarurat darajasiga koʻtarilayotgan koʻnikmalarni oʻzida mujassamlashtirishlari zarurligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi. Talabalarni keyingi bosqichdagi ishtiroklariga ham omad tiladi.
Yakunda "Plikkers" texnologiyasini qoʻllagan holda boʻlajak mentor talabalar baholandi. 90% natija bilan ijobiy sifatlandi.