Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 129 marta
Tegishli bo'limi: Axborot makoni
Kecha Chirchiq davlat pedagogika universitetida universitet hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Tomonlar pedagogik kasbiy kompetentlik sohadagi o‘zaro hamkorlikning muhimligini inobatga olgan holda, zamonaviy taʼlim va pedagogik yutuqlarni taʼlim jarayonlariga jalb etish bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha amaliy munosabatlarni va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, tomonlarning oʻzaro faoliyatlarini hamda uni tartibga soluvchi kompleks dasturlar ishlab chiqish, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi va professor-o‘qituvchilarning mahoratini oshirish borasida oʻzaro anglashuvga erishdilar.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori G'olibjon Botirov va boshqalar talabalarga sifatli ta’lim xizmatlari koʻrsatish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bugungi kun talabi ekanligini taʼkidladilar.