Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 173 marta
Tegishli bo'limi: Axborot makoni
Chirchiq davlat pedagogika universitetining faollar zalida shahardagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun seminar o'tkazildi.
Yig'ilishni shahar hokimi Davron Xidoyatov ochdi. Unda O'zbekison mahallalari uyushmasi raisining birinchi o'rinbosari Jovdatxon Inog'omov, Chirchiq davlar pedagogika universiteti rektori G'ofurjon Muxamedovlar ishtirok etishdi.
Seminarda davlatimiz rahbari tomonidan 2023-yil 21-dekabrda imzolangan "Mahalla institutining jamiyatdagi ro'lini tubdan oshirish va uning alohida muammolarini hal etishda birinchi bo'g'in sifatida ishlashini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoni hamda ushbu Farmon ijrosini taъminlash maqsadida imzolangan qaror mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Mahalla raislari “Yettilik” rahbari etib belgilanganligi, ularga xodimlarni rag'batlantirish yoki intizomiy jazo choralarini tayinlash bo'yicha yuqori idoraga taqdimnoma kiritish vakolati ham berilayotganligi ta'kidlandi.
O'z navbatida, mahallada faoliyat olib borayotgan xodimlarning farmon va qaror ijrosini ta'minlashda amalga oshiradigan ishlari va kelgusidagi rejalari tinglanib, belgilangan vazifalarni tizimli tashkil qilish bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.