Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 261 marta
Tegishli bo'limi: Talabalar uchun

Biologiya kafedrasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish”ga bagʻishlangan ilmiy-ma’rifiy anjumanga Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi aʼzolari, Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari, talaba va yoshlar tashrif buyurishdi.
Yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni bartaraf etishda ilm-fanning muhim oʻrni va vazifalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Partiyaning Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi Furqatjon Ahmedjonov Chirchiq davlat pedagogika universiteti talaba-yoshlaridan bir guruhiga partiya aʼzoligiga qabul qilinganligi haqidagi guvohnomalarni topshirdi.
Tabiiy fanlar fakulteti qoshida tashkil etilgan "Ko‘ngillilar harakati"ning 2023-yilga mo‘ljallangan dasturi tasdiqlandi.