Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 203 marta
Tegishli bo'limi: Axborot makoni
Universitet kichik majlislar zalida ChDPU Kasaba uyushma qo‘mitasining 2023-yil davomida amalga oshirgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
Hozirgi kunda Chirchiq davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining 986 nafar a’zosi bo‘lib, shundan 13 nafari Kasaba uyushma kengashi a’zosi hisoblanadi.
Yig‘ilishda universitet Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, jumladan, boshlang‘ich tashkilot mablag‘lari hisobidan o‘tkazilgan madaniy, sport sog‘lomlashtirish tadbirlari, ko‘rsatilgan moddiy yordamlar haqida batafsil axborot berildi.
Yig‘ilish davomida Kasaba uyushmasining kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlari rejasi va xarajatlar smetasi ko‘rib chiqildi va Kasaba uyushmasi a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.