Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 120 marta
Tegishli bo'limi: Talabalar uchun
Kuni kecha ChDPU ijodkor yoshlarning ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ijodkor yoshlar tomonidan bir qator taklif va mulohazalar bildirildi, sohadagi muammolar o‘rtaga tashlandi.
Universitetda "Ijodkor yoshlar" uyushmasini va ularning ijodini qo'llab-quvvatlash maqsadida adabiy jurnal tashkil qilish kabi tashabbuslarni ilgari surdilar. Muvaffaqiyatlari, erishgan yutuqlari to‘g‘risida so‘zlab berishdi.
— Xo‘sh, ijodkor yoshlar kim o‘zi? Ijodkor – rassom, ijodkor – haykaltarosh, ijodkor – bastakor, ijodkor – shoir yoki yozuvchi… Ular inson ruhiyatidagi kishi ilg‘amas his-tuyg‘ularni, dard, iztirob, quvonch va baxtni nozik tasvirlar orqali ifodalovchi san’atkorlardir. Universitetimizning ijodkor yoshlariga hammaslak, hamfikr bo‘lishimiz zarur, — dedi universitet birinchi prorektori Samariddin Qorayev.
Muloqot ishtirokchilari ijod namunalaridan she’r va qo‘shiqlar ijro etdilar. Taklif etilgan mutaxassislardan tavsiyalar oldilar.
Uchrashuv yakunida ijodkor talabalar prorektorning shaxsiy kutubxonasidan saralab olingan kitoblar bilan taqdirlandilar.