Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 1558 marta
Tegishli bo'limi: Yangiliklar
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida Chirchiq shahar mahalla faollari, imom-xatiblar, ichki ishlar organlari faxriylari va profilaktika inspektorlari ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, general-polkovnik – Zokirjon Аlmatov bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuv davomida huquqbuzarliklarning oldini olish, militsiya tayanch punktlari faoliyatini jonlantirish, mahallalarda jinoyatchilik holatlarini kamaytirish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuvda Oʼzbekiston va Qoraqalpogʼiston Xalq artisti, Oʼzbek milliy akademik drama teatri direktori Yodgor Saʼdiev ishtirok etib, vatanparvarlik, yurt taqdiriga daxldorlik mavzularidagi fikrlari bilan ishtirok etdi.
Sohada faol mehnat qilayotgan bir qator profilaktika inspektorlariga faxriy yorliqlari hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Institut axborot xizmati.