Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 1103 marta
Tegishli bo'limi: Sport
Joriy yil 23-iyun kun Toshkent shahridagi Turkiston san’at saroyida oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasidagi “Universiada – 2022” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi g‘olib va sovrindorlariga "Prezident sovg’asi"ni topshirish marosimi bo’lib o’tdi.
Aytish joizki, bu yilgi “Universiada-2022” sport musobaqalari avvalgilaridan farqli ravishda yangi tartib asosida tashkil etildi. Musobaqalarning respublika final bosqichlari 15 ta sport turi boʻyicha 2022-yil 5-sentabrdan 2023-yil 31-mayga qadar 10 oy mobaynida respublikaning barcha hududlarida navbatma-navbat yuqori saviyada oʻtkazildi.
Musobaqalarda jami 96 683 nafar talaba-yoshlar ishtirok etib, yakkalik va jamoaviy bahslarda g‘oliblik uchun qizg‘in kurashishdi. Yakuniy natijaga ko‘ra, “Universiada – 2022” sport musobaqalarining umumjamoa hisobida Toshkent viloyati jamoasi faxrli 1- oʻrinni qoʻlga kiritdi. Jamoaning yuqori o‘rinni egallashida Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalarining o‘rni beqiyos.
Bugun, universitet faolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Rektor G‘ofurjon Muxamedovga Prezident sovg‘asi va yoshlarni muntazam qo‘llab-quvvatlashdagi tizimli faoliyati uchun “Universiada – 2022” sport musobaqalari tashkilotchilarining tashakkurnomasi topshirildi.
Universitet rahbari g‘olib talabalarni, sport faollarini, "Pedagog" sport klubi rahbariyatini va universitet jamoasini ushbu g‘alaba bilan tabrikladi. Prezident sovg‘asini Sport va chaqiriqqacha harbiy ta'lim fakulteti yoshlariga ulashdi.