Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 1721 marta
Tegishli bo'limi: Dolzarb yangiliklar

«UI GreenMetric» xalqaro reyting agentligi «Overall Rankings 2022» natijalarini e’lon qildi.
Reyting natijasiga ko’ra, Chirchiq davlat pedagogika universiteti xalqaro reytingda 1000 talik OTMlar qatoridan joy oldi
UI GreenMetric World University Ranking – «ekologik» universitetlarning global reytingi.
Indoneziya universiteti tomonidan 2010 yildan beri o’tkazib kelinadi.
Reytingni tuzuvchilar ilmiy jamoatchilik e’tiborini ba’zi ekologik muammolarni hal qilish uchun atrof-muhitni barqaror rivojlantirish siyosati zarurligiga jalb qilishga intiladilar.
Reyting mezonlari energiya iste’molini tejash suv resurslaridan oqilona foydalanish, chiqindilarni saqlash va qayta ishlash, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish, kampusdagi yashil hududlarning maydoni kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.