Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 217 marta
Tegishli bo'limi: Konferentsiya
Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori Baxodir Eshchanov qisqa muddatli xizmat safari bilan Sharja shahridagi “Materiallarni tadqiq qilish ilmiy markazi”da bo‘lib qaytdi.
Ilmiy xizmat safari davomida Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamkorligidagi “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” dasturi doirasidagi “Optoelektron tarmoqlarda optik garmonika generatsiyasi va soliton tarqalishi jarayonlarini boshqarish” xalqaro grantida belgilangan vazifalarni amalga oshirdi.
Amerika universiteti professor o‘qituvchilari bilan hamkorlikda har xil optik materiallarda ikkinchi, uchinchi va undan yuqori garmonikalarga nanozarrachalarning ta’siri o‘rganib chiqildi va optik parametrik kuchaytirgichlar tizimida sozlanishi mumkin bo‘lgan o‘rta infraqizil lazer impulslarini hosil qilish bo‘yicha mexanizm ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy xulosalar qilindi.