Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 65 marta
Tegishli bo'limi: Talabalar uchun
Boshlang'ich taʼlim fakulteti talabalarning o‘quv-bilish, o‘quv-tadqiqotchilik faoliyatini rag‘batlantirish; yoshlarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish; iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy sharoitlarni yaratish; har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida fan olimpiadalariga start berildi.
Reja asosida 2024-yil 17-aprel kuni Boshlangʻich taʼlim fakultetida matematika fanidan mazkur olimpiadaning I bosqichi boʻlib oʻtdi.