Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 396 marta
Tegishli bo'limi: Madaniy va ma'rifiy tadbirlar
#kafedra_tashabbusi
O'zbekiston tarixi kaferasi tashabbusi bilan “Amir Temur — Ikkinchi Renessans homiysi” nomli ma’naviy –ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Temuriylar davri renessansida ta’lim tizimining tutgan ahamiyatini o‘rtoqlashish maqsadida tashkil etilgan ma’rifiy anjumanda ChDPU yoshlari va Chirchiq shahrining deyarli barcha harbiy oliy ta’lim muassasalari tinglovchilari bilan bir qatorda 15-maktab o’quvchilari qatnashdi.
Amir Temurning adolatga yo‘g‘rilgan fikrlari, siyosiy qarashlari, yurtga mehri, elga sadoqati va ma’rifatni ulug‘lash g‘oyalari tadbir kompoziyasini tashkil qildi. Sohibqironning sarkardalik mahorati va harbiy san’ati aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Talabalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.