+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Yuriskonsult

Bo'lim boshlig'i: Mamatqulov Alisher Yaxshiboyevich
Mamatqulov Alisher Yaxshiboyevich

Mamatqulov Alisher Yaxshiboyevich

Bo'lim vazifalari:

О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

2017 YIL 19 YANVARDAGI PQ-2733-SONLI  YURIDIK XIZMAT FAOLIYATINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI  TО‘G‘RISIDA QARORIGA ASOSAN

 

Davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qо‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab  chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar  loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;

davlat organlari va tashkilotlarining norma  ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish  yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tarkibiy  tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;

davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining  huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul  qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini, shu  jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali  yetkazishda ishtirok etish;

shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini  yuritish, davlat organlari va tashkilotlarining mulkiy va boshqa  manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik  xizmatlari mazkur organlar va tashkilotlar ishtirokida vujudga keladigan  nizolarni sudgacha hal etish yuzasidan majburiy tartibda choralarni  kо‘radilar;

davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari,  ular mansabdor shaxslarining harakati yoki harakatsizligi yuzasidan  berilgan shikoyatlar majburiy tartibda davlat organlari va  tashkilotlarining yuridik xizmatlari tomonidan ham kо‘rib chiqiladi;

Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yо‘nalishlari va funksiyalari

Quyidagilar yuridik xizmat faoliyatining asosiy yо‘nalishlari hisoblanadi:

davlat organi va tashkilotining huquqni qо‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;

davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab  chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar  loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;

davlat organi va tashkilotining qonun ijodkorligi  faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan  takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini  muvofiqlashtirish;

davlat organlari va tashkiloti xodimlarining  huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul  qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu  jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali  yetkazishda ishtirok etish;

shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini  yuritish, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini  ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.

Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yо‘nalishlarini bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) davlat organlari va tashkilotlarining huquqni  qо‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni  tashkil etish sohasida:

a) davlat organi va tashkilotida, shuningdek  tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va  shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu  chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

b) davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga  taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik  tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi  yuzasidan ekspertizadan о‘tkazadi hamda ular bо‘yicha e’tiroz va  takliflar bо‘lmasa, viza qо‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat  tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan  (xodimlaridan) keyin viza qо‘yiladi;

v) jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va  erkinliklarini amalga oshirishga ta’sir etadigan davlat organlari va  tashkilotlarining qarorlari yuzasidan xulosalar beradi;

g) mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan  birgalikda davlat organi va tashkilotining buyruqlari, farmoyishlari,  shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarini ishlab chiqish,  ularga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni о‘z  kuchini yо‘qotgan deb hisoblash tо‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;

d) davlat organi va tashkilotida, shuningdek  tegishli tuzilmalarda huquqni qо‘llash amaliyotini о‘rganadi, tahlil  qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish bо‘yicha takliflar  tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;

ye) davlat organi va tashkilotining boshqa  tuzilmalari bilan birgalikda davlat organi, tegishli tuzilmalar va  ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi  kо‘rsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni kо‘rib chiqishda  ishtirok etadi;

j) davlat organi va tashkilotida boshqaruv  tizimini takomillashtirish, davlat organi tizimiga kiradigan tuzilmalar  va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash  bо‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

z) davlat organi va tashkilotida mehnat haqidagi  qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan mehnat  munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat  shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab  chiqishda ishtirok etadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka  muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;

i) davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga  davlat organi va tashkiloti faoliyatida qonun ustuvorligi va  qonuniylikni ta’minlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etadi;

k) davlat organi va tashkiloti xodimlarining  kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga vakolatlarini amalga  oshirishda yuridik yordam kо‘rsatadi;

2) davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab  chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar  loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish,  shuningdek davlat organi va tashkilotining qonun ijodkorligi faoliyatida  ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni  tayyorlash masalalarida uning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish  sohasida:

a) davlat organi va tashkilotining norma  ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi  yoki ularning ishlab chiqilishida, amalga oshirilishi va bajarilishini  nazorat qilishda ishtirok etadi;

b) davlat organi va tashkiloti vakolatiga  kiradigan masalalar bо‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini  ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etadi;

v) davlat organi va tashkilotining idoraviy  normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ularni ishlab  chiqishda hamda О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy  ekspertizadan о‘tkazish va davlat rо‘yxatiga olish uchun yuborishda  ishtirok etadi;

g) ekspertizadan о‘tkazish yoki kelishish uchun  taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki  boshqa tuzilmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan о‘tkazadi,  ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola  qiluvchi normalar qо‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi,  shuningdek ularda korrupsiyaga sabab bо‘ladigan omillarning mavjud  emasligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;

d) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bо‘yicha  e’tiroz va takliflar bо‘lmasa, ularga viza qо‘yadi. Bunda loyihalarga  yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy  tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qо‘yiladi;

ye) tizimli ravishda davlat organi va  tashkilotining tegishli soha faoliyatidagi amaldagi normativ-huquqiy  hujjatlarning ularda korrupsiyaga sabab bо‘ladigan omillarni aniqlashga  qaratilgan tahlilni о‘tkazadi;

j) davlat organi va tashkiloti faoliyati sohasida  davlat boshqaruvini takomillashtirish bо‘yicha takliflar ishlab  chiqishda ishtirok etadi;

z) davlat organi va tashkilotiga kelib tushgan va  о‘zi tomonidan chiqarilgan hujjatlar, shu jumladan normativ-huquqiy  hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq  yuritadi, ularning saqlanishini va nazorat holatida bо‘lishini  ta’minlaydi;

i) davlat organi va tashkilotining  normativ-huquqiy hujjatlar fondini tо‘ldirish, shu jumladan fondni  kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar  bilan butlash choralarini kо‘radi, davlat organi va tashkiloti  rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna bо‘lish haqida takliflar  kiritadi;

k) davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar bо‘yicha qonun hujjatlari tо‘plamlarini nashr etishga tayyorlaydi;

l) davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan  tuzilmalarning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi,  kelishilgan hamkorlikni ta’minlaydi;

m) davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan  tuzilmalarning huquqiy ishlariga metodik yordam kо‘rsatadi, yuridik  xizmat faoliyati yо‘nalishlari bо‘yicha tavsiyanomalar va kо‘rsatmalarni  ishlab chiqadi;

3) davlat organi va tashkiloti xodimlarining  huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul  qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu  jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali  yetkazish sohasida:

a) davlat organi va tashkiloti rahbariyati uchun qonunchilik masalalari bо‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

b) davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning  tizimiga kiradigan tuzilmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish  tadbirlarini tashkil etish tо‘g‘risida takliflar kiritadi, ushbu  tadbirlarni о‘tkazishda ishtirok etadi;

v) davlat organi va tashkiloti faoliyatiga tegishli qonunchilikni targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiradi;

g) zudlik bilan davlat organi va tashkiloti  axborot xizmatiga davlat organi va tashkiloti veb-saytiga joylashtirish  maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun  va ahamiyati tо‘g‘risida ma’lumotlar kiritadi;

d) davlat organi va tashkiloti xodimlarining  murojaatlari bо‘yicha ularga davlat organi va tashkiloti faoliyatiga  tegishli huquqiy hujjatlarni topishga kо‘maklashadi, zarur hollarda  ularning qoidalari bо‘yicha tushuntirishlar beradi;

ye) qonunchilikka kiritilgan о‘zgartirishlar  haqidagi ma’lumotlarni, sud amaliyotini, О‘zbekiston Respublikasi Adliya  vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli kо‘rsatmalarini davlat organi  va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarga yetkazadi;

4) shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo  ishlarini yuritish, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa  manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash sohasida:

a) davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek  fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki boshqa tarkibiy  tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini  kо‘radi;

b) boshqa tuzilmalar bilan birgalikda davlat  organi va tashkiloti tomonidan shartnomalarni tayyorlash va tuzish  ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini  tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar e’tiroz va takliflar  bо‘lmasa, viza qо‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan  davlat organining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin  viza qо‘yiladi;

v) shartnomalarni tuzish, bajarish, о‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

g) davlat organi va tashkiloti tomonidan tuzilgan  shartnomalarni zarur darajada bajarish bо‘yicha takliflar kiritadi,  shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab  chiqishda ishtirok etadi;

d) davlat organi va tashkilotining manfaatlarini  himoya qilish bо‘yicha talabnomalar tayyorlashda va davlat organi va  tashkilotiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni kо‘rib chiqishda  ishtirok etadi, davlat organi va tashkilotida talabnomalar bildirish va  ularni kо‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

ye) tegishli tuzilmalar bilan birgalikda davlat  organi va tashkilotining debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini  о‘rganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini kо‘radi;

j) shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo ishlarini olib boradi;

z) davlat organi va tashkilotining mulkiy va  boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bо‘lgan  hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida  ishtirok etadi;

i) mulkni saqlash masalalari bо‘yicha huquqiy  tusdagi hujjatlar loyihalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini  tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;

k) boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda  davlat organi va tashkilotida mulkning talon-toroj qilinishi, kamomad va  noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va  sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini  kо‘radi, mulkning talon-toroj qilinishi va kamomad holatlari bо‘yicha  materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun  rasmiylashtiradi;

l) moddiy boyliklar va pul mablag‘larini hisobdan  chiqarish tо‘g‘risidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun  buzilishlari va suiiste’mollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va  xatlovdan о‘tkazish dalolatnomalari bо‘yicha huquqiy xulosalar beradi.

Davlat organi va tashkilotining yuridik xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

Yuridik xizmat va uning xodimlariga ushbu Nizomda  yoki boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalar  yuklatilishiga yо‘l qо‘yilmaydi.

Yuridik xizmatning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi

Yuridik xizmat quyidagi huquqlarga ega:

davlat organi va tashkilotiga kelib tushayotgan  normativ-huquqiy hujjatlarni tanishish, xizmatda foydalanish va ularning  tizimlashtirilgan hisobini yuritish uchun birinchi navbatda olish;

davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning  tizimiga kiradigan tuzilmalarning mansabdor shaxslaridan yuridik  xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur  bо‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni olish;

rahbariyat tomonidan chaqiriladigan huquqiy masalalarga tegishli yig‘ilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etish;

rahbariyat topshirig‘iga kо‘ra yoki tegishli  tuzilma rahbarining roziligi bilan ularning xodimlarini normativ-huquqiy  hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun, huquqiy  ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga jalb qilish;

qonunchilikka zid bо‘lgan, qonunchilik texnikasi  talablariga javob bermaydigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa  hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun qaytarish, о‘z  e’tirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish  tо‘g‘risida huquqiy xulosalar berish, rahbariyat topshirig‘iga kо‘ra  yoki о‘z tashabbusi bilan boshqa tuzilmalar bilan birgalikda ushbu  loyihalarni puxta ishlanishida ishtirok etish;

davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan  tuzilmalarda davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar  bо‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini о‘rganish;

davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning  tizimiga kiradigan tuzilmalarning qonun hujjatlari bajarilishini  ta’minlamayotgan yoxud ularni buzayotgan rahbarlari va xodimlarini  javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish;

davlat organi va tashkilotida, shuningdek uning  tizimiga kiradigan tuzilmalarda yoki davlat organi va tashkiloti  tomonidan о‘tkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda,  shuningdek ularning yakunlari bо‘yicha hujjatlarni kо‘rib chiqishda  ishtirok etish hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy  xulosalar berish;

Yuridik xizmat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bо‘lishi mumkin.

Yuriskonsultning vazifalari:

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti yuriskonsulti institutning tarkibiy bо‘limlaridan biri hisoblanadi.

Yuriskonsult Toshkent viloyati Chirchiq davlat  pedagogika institutida chiqarilgan barcha farmoyish, qaror va buyruq  loyihalarini nazoratdan о‘tkazish hamda chiqarilgan har bir farmoyish,  qaror va buyruqlarning amaldagi qonun qoidalar asosida tо‘g‘ri  rasmiylashtirishini nazorat qilish;

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika  instituti bilan boshqa tashkilotlar о‘rtasida tuziladigan  shartnomalarning tо‘g‘ri tuzilishini va qonuniy tarzda amalga  oshirilishini nazorat etish;

Professor-о‘qituvchilar va xodimlarga huquqiy maslahatlar berish;

Talab etilganda Toshkent viloyati Chirchiq davlat  pedagogika instituti hamda professor-о‘qituvchilari va xodimlarining  huquqni muhofaza qilish organlari va sud oldida huquqlarini himoya  qilishda ishtirok etish;

О‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish;

Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;

Lavozim (vazifa) yо‘riqnomasiga rioya qilish.

Yuriskonsult о‘zining faoliyatida О‘zbekiston  Respublikasi Konstitusiyasi, Yuriskonskult O‘zbekiston Respublikasi  Qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va  farmoyishlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va  farmoyishlari, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi  qonuni,  O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, Adliya vazirining  qaror va farmoyishlari, institut Rektorining buyruqlari, farmoyishlari  hamda institut Nizomi, yo‘riqnomalari va tegishli ko‘rsatmalari asosida  faoliyat olib boradi.

Bo'lim maqsadi:

Qo'shimcha

Yuriskonsultga tegishli boshqa ma'lumotlar