+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Xodimlar bo'limi

Bo'lim boshlig'i: Safarov Muxlis Maxmudovich
Safarov Muxlis Maxmudovich

Safarov Muxlis Maxmudovich

Bo'lim vazifalari:

Bo‘limning tashkil etilishi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3152-son qaroriga muvofiq Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tarkibida Xodimlar bo‘limi tashkil etilgan.



Bo‘limning vazifalari:

  • bo‘lim bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi.
  • institut pedagog xodimlar, o‘quv-yordamchi, ma’muriy-boshqaruv va xo‘jalik xodimlarini ishga olish, boshqa ishga o‘tkazish, vazifasidan ozod etish bo‘yicha buyruq loyihalarini, xodimlarning mehnat daftarchalarini yuritish hamda faoliyatiga oid buyruq loyihalarini tayyorlash va rasmiylashtirish;
  • institut pedagog xodimlar, o‘quv-yordamchi, ma’muriy-boshqaruv va xo‘jalik xodimlari lavozimlariga kadrlar zahirasini shakllantirish va tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish;
  • institutning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislari lavozimlariga kadrlar zahirasi bilan ishlash monitoringini olib borish;
  • institut tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining kasbiy saviyasi va malakasini oshirish, shuningdek, ularni qayta tayyorlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • institutning mas’ul va texnik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning kasbiy saviyasi hamda ishchanlik malakasini baholash;
  • institut tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va mutaxassislarining sifatli tarkibini tashkil etish;
  • institutda xodimlar qo‘nimsizligini va shuningdek faoliyatga oid boshqa ko‘rsatkichlarni tahlil qilish;
  • davlat ta’limi standartlari talablarini va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan, institut bitiruvchi bakalavriat, magistratura bosqichlari talabalariga Davlat Attestatsiya komissiyasi qarori asosida institut rektorining buyrug‘iga binoan davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom, diplom ilovalarini rasmiylashtirish;
  • o‘qishga qabul qilingan talabalarni shahsiy xujjatlarini o‘rnatilgan tartibda qabul qilish, rasmiylashtirish va ularni belgilangan muddatga qadar saqlash;
  • xodimlarning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalarni o‘rnatilgan tartib qoidalari, me’yoriy hujjatlar asosida rasmiylashtirish;
  • institut tomonidan berilgan ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom, diplom ilovalari va guvohnoma)lar bo‘yicha tegishli organlarning so‘rovnomalariga, shuningdek, institutning barcha hodimlari, talabalari to‘g‘risida huquq-targ‘ibot organlari so‘rovnomalariga o‘rnatilgan tartibda javob yo‘llash;
  • bo‘lim unga yuklangan boshqa vazifalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Bo‘limning huquqlari:

  • institutning bo‘lim va fakultetlaridan xizmat zaruriyatiga ko‘ra ma’lumotlarni belgilangan tartibda talab qilib olish;
  • fakultet va bo‘limlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Qonunchiligi bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarga xilof ravishda tayyorlangan buyruqlar hamda yo‘riqnomalarni bekor qilishni talab etish;
  • bo‘lim faoliyatiga oid o‘z fikr – mulohazalari va takliflari bilan institut rektoriga taklif kiritish;
  • fakultet va bo‘limlarning ijro intizomi bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ularning ish samaradorligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlashni talab qilish;
  • fakultet va bo‘limlar tomonidan taqdim qilingan ma’lumotnoma, axborot va boshqa me’yoriy hujjatlarni, rahbariyat so‘roviga mos ravishda tayyorlashni talab qilish;
  • ijro intizomini mustahkamlashda tashabbuskorlik qilayotgan fakultet, bo‘lim rahbarlarini rag‘batlantirish yoki o‘z vaqtida ijrosini ta’minlamaganlagi hamda yo‘l qo‘ygan xato-kamchilik uchun intizomiy chora ko‘rish to‘g‘risida institut rektoriga taklif kiritish;
  • institut rahbariyatiga axborot berish uchun materiallar va hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlanish;

 


Bo‘limning majburiyatlari:

  • xodimlar bilan ishlash hisobi va hisobotini yuritish, hujjatlarni saqlash, xodimlar bilan ish yuritish;
  • jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib

Bo'lim maqsadi: