
Fayziev Voxid Baxramovich
Asosiy ma'lumotlar:
Kafedra 2019 yil sentabrda tashkil topgan va bugungi kunda tabiiy fanlar fakulteti tarkibiy tuzilmasi sifatida faoliyat olib bormoqda va quyidagi ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassis tayyorlaydi:
- bakalavriat - «Pedagogik ta’lim» (tayyorlov yo‘nalishi: biologiya o‘qitish metodikasi);
- magistratura - «Pedagogik ta’lim» (tayyorlov yo‘nalishi: Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish (biologiya));
- Tayanch doktarantura (yuqori kvalifikatsiyali ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash) - «Biologik fanlar» (tayyorlov yo‘nalishi: O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi).
Bugungi kunda kafedrada biologiya, ekologiya, pedagogika va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarining amaliy va nazariy sohalari bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan, yetuk mutaxassislardan iborat jamoa shakllangan va faoliyat olib bormoqda. Ulardan mutaxasissligi bo‘yicha yetakchi bo‘lganlarini quyida keltirib o‘tamiz:
Kafedrada o'qitiladigan fanlar:
Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari:
- Mirxamidova P., biologiya fanlari doktori, professor, hujayra va molekular biologiya sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
- Raximov A.K., pedagogika fanlari doktori, professor, genetika va biologiyani o‘qitish bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
- Amanov B.X., biologiya fanlari doktori, genetika va seleksiya sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
- Fayziev V.B., biologiya fanlari nomzodi, dotsent, mikrobiologiya va virusologiya sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
- Matniyazova X.X., biologiya fanlari nomzodi, yetakchi ilmiy xodim, o‘simliklar fiziologiyasi va genetikasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
- Mutalov K.A., biologiya fanlari nomzodi, dotsent, biologiya o‘qitish va o‘simlikshunoslik bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
- Norboboeva T., biologiya fanlari nomzodi, dotsent, botanika va biologiyani o‘qitish bo‘yicha yetuk mutaxassis.
- Egamberdieva L.N., biologiya fanlari nomzodi, dotsent, immunologiya ixtisossligi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
- Jononova R.N., biologiya fanlari nomzodi, dotsent, entomologiya va biotexnologiya sohalari bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
- Ramazanov B.R., biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktor (RhD), tuproqshunoslik va tuproq ekologiyasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
- Mustafaev I.M., biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktor (RhD), mikologiya va algologiya bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
- Qulmamatova D.E., biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktor (RhD), genetika va selksiya sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
- Kim V.V., qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD), o‘simliklar genetikasi va seleksiyasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
- Abdullaeva M.S., katta o‘qituvchi, biologiya o‘qitish va gidrobiologiya sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
Ta’lim jarayonini qiziqarli tashkil etish uchun ta’lim natijalarini amaliyotga joriy etishda qatnashuvchi kadrlar buyurmachilari va boshqa ishlab chiqarish korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari hamda yetakchi mutaxassislari jalb etiladi. Bu mutaxassislar pedagogik ta’lim, biotexnologiya, ekologiya va tabiatdan foydalanish bo‘yicha yetakchi mutaxassislar hisoblanadi.
O‘quv jarayonini aktivlashtirish uchun kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini, multimediya vositalari va informatsion-kommunokativ texnologiyalarni qo‘llab borishadi.
Nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliyot bilan chambarchas bog‘lash uchun o‘quv dala amaliyotlari mavjud. Talabalar o‘quv dala amaliyoti vaqtida dala tajribalarini o‘tkazish metodikasi va Toshkent viloyatining tabiiy obektlari haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.
Kafedra ilmiy-tadqot va ijodiy ishlarni rivojlantirish maqsadida quyida keltirilgan qator tashkilotlar va ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Ularga: O‘zR FAga qarashli qator ilmiy-tadqiqot institutlari, jumladan, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, Mikrobiologiya ITI, Zoologiya va botanika ITIlari, Genomika va bioinformatika ilmiy markazi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi TDPU va umumta’lim maktablarini kiritish mumkin.
Kafedra hamkorlikda loyihalar tayyorlash, ilmiy stajirovkalar va o‘quv amaliyotlarni tashkil etish maqsadida bir qator Yevropa va MDH mamlakatlarining universitetlari bilan Xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Ular:
- Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Rossiya);
- Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti (Qozog‘iston);
- Osh davlat universiteti (Qirgiziston);
- Al Farobiy nomidagi Qozog‘iston Miliiy universiteti (Qozig‘iston).
Kafedrada quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi:
- O‘zbekiston iqlim sharoitida tarqalgan fitoviruslarni aniqlash, xususiyatlarini o‘rganish va diagnostika qilish;
- G‘o‘zaning turli stres omillarga chidamli navlarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
- Biologiya fanini o‘qitishni innovatsion ta’lim klasteri asosida tashkil etish va ta’lim samaradorligini oshirish;
- Umumta’lim maktablarida biologiya fanini o‘qitish uchun elektron resurslar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- Biologiyani o‘qitishning zamonaviy muammolari;
- Soyaning serhosil va turli stress omillarga chidamli navlarini yaratish va ularning morfo-fizoologik xususiyatlarini o‘rganish;
- Ultratovush to‘lqinlarining kalamush gepototsit hujayralariga ta’siri va uni kooreksiyalash usullarini izlash.
Kafedra professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o‘taydi hamda mintaqaviy va xalqaro seminarlar, konferensiyalarga ishtirok etib borishadi.
Biz biologiya sohasida sifatli ta’lim olish va fundamental bilimlarga ega bo‘lishi uchun abiturienlarni bakalavr darajani olish uchun va biologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr diplomga ega bo‘lgan yosh tadqiqotchilarni esa magistraturaga o‘qishga taklif qilamiz.
Ta’lim yo‘nalishlari va tayyorlash darajasi:
oliy ta’lim - bakalavriat
Kod |
Yo‘nalish |
tayyorlash profili |
5110400 |
Biologiyani o‘qitish Daraja: bakalavr |
Biologiya
|
Oliy ta’lim - magistratura
Kod |
Yo‘nalish |
tayyorlash profili |
5A110101 |
Tabiiy va aniq fanlarni o‘qitish (biologiya) |
Biologiya
Ta’lim tili: o‘zbek tilida. |
Yuqori malkali pedagogik kadrlar tayyorlash, oliy ta’limdan keyingi ta’lim:
Professor-o‘qituvchilar tarkibi
Fayziev Voxid Baxramovich |
biologiya fanlari nomzodi (PhD), dotsent |
Kaf. mudiri |
biologiya fanlari doktori, professor |
Professor |
|
Raximov Atanazar Karimovich |
pedagogika fanlari doktori, professor |
Professor |
Amanov Baxtiyor Xushbaxtovich |
biologiya fanlari doktori |
Professor v.b. |
Matniyazova Xilola Xudayberganovna |
biologiya fanlari nomzodi (PhD), yetakchi ilmiy xodim |
Dotsent |
Jononova Ra’no Normurodovna |
biologiya fanlari nomzodi (PhD) |
Dotsent |
Kim Veronika Vladimirovna |
qishloq xo‘jaligi bo‘yicha falsafa doktori (RhD) |
Dotsent |
Egamberdieva Lola Normatovna |
biologiya fanlari nomzodi, dotsent |
Dotsent |
Ramazonov Baxtiyor Ramazonovich |
biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD) |
Dotsent |
Mutalov Karimjon Abduraximovich |
biologiya fanlari nomzodi, dotsent |
Dotsent |
Norboboeva Toshbibi |
biologiya fanlari nomzodi, dotsent |
Dotsent |
Mustafoev Ilyor Muradillaevich |
biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD) |
Dotsent |
Kulmamatova Dilfuza Erkinovna |
biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD) |
Dotsent |
Nurmetov Xushnud Saparboevich |
|
Katta o‘qituvchi |
Abdullaeva Muyassar Saparbaevana |
|
Katta o‘qituvchi |
Qoraev Sirojiddin Barakaevich |
|
O‘qituvchi |
Atabaeva Damira Turdibekovna |
|
O‘qituvchi |
Xoliqova Moxichexra Azomatovna |
|
O‘qituvchi |
Javlieva Dilfuza Tilavovna |
|
O‘qituvchi |
Zakirov Doniyor Utkurovich |
|
O‘qituvchi |
Mirzaeva Nodira Abduxamidovna |
|
O‘qituvchi |
Matkarimov Farrux Ilxomovich |
|
O‘qituvchi |
Allanazarova Indira Aliyevna |
|
O‘qituvchi |
Shavqiev Jaloliddin Shamsutdin o‘g‘li |
|
O‘qituvchi |
Ismagilova Gulnoza Sayfutdinovna |
|
O‘qituvchi |
Sattorov Muzaffar Soatovich |
|
O‘qituvchi |
Sobirova Zulxumor Sharipovna |
|
O‘qituvchi |
Bektaeva Xurriyat Ortikalievna |
|
O‘qituvchi |