+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Doktorantlar maktabi

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining 2019 yil 26 iyundagi 572-sonli buyrugʼiga asosan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim faoliyatini samaradorligini oshirish, doktorlik dissertatsiyalari oʼz vaqtida himoya qilinishini va himoya koʼrsatkichlarini oshirilishini taʼminlash maqsadida “Doktorantlar maktabi” tashkil qilingan. Mazkur maktab faoliyati “Doktorantlar maktabi toʼgʼrisida nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.


“Doktorantlar maktabi”ning maqsadi:

- doktorlik dissertatsiyalari oʼz vaqtida himoya qilinishi va himoya koʼrsatkichlarini oshirilishini taʼminlash uchun falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish boʼyicha ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish va amalga oshirishda doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarga uslubiy va texnikaviy yordam koʼrsatish hisoblanadi.


“Doktorantlar maktabi”ning vazifalari:

- doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarni ilmiy-tadqiqot jarayonlarini amalga oshirish uslubiyoti toʼgʼrisida maʼlumotlar bilan taʼminlash;

- ilmiy-tadqiqotlarning nazariy-uslubiy dasturlarini ishlab chiqishga yordam koʼrsatish;

- ilmiy-tadqiqot sohasidagi normativ hujjatlar bilan tanishtirish;

- doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ehtiyojini muntazam oʼrganish va xorijiy tillar boʼyicha kurslarni tashkil etish;

- ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va rasmiylashtirish tartiblarini oʼrgatish va ularni amalga oshirish koʼnikmalarini shakllantirish;

- tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy konferentsiyalarda ishtirok etishini rejalashtirish va tashkillashtirish;

- doktorantlar va mustqil izlanuvchilarga xalqaro nufuzli nashrlarda ularning ilmiy-tadqiqot natijalarini chop etilishiga markazlashgan holda amalga oshirishga yordam koʼrsatish;

- ilmiy-tadqiqot natijalari (dissertatsiya, monografiya, ilmiy maʼruzalar va h.k)ni rasmiylashtirishga uslubiy yordam koʼrsatish;

- doktorantlarni ish joy, kompьyuter, internetga bogʼlanish, kerakli orgtexnikalar va zaruriy materiallar bilan taʼminlash;

- xalqaro ilmiy-texnikaviy maʼlumotlar bazalari bilan ishlash koʼnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan seminarlarni tashkil etish;.

- Oʼzbekiston Respublikasi OАK normativ hujjatlariga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini rasmiylashtirish boʼyicha maslahatlar berish;

- doktorantlar maktabi sayti va elektron pochtalari yaratish orqali doktorantlar, ilmiy rahbar va maslahatchilar oʼrtasida axborotlarning elektron almashinishini tashkil etish;

- tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini baholash, yillik reja bajarilishini monitoring qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda mavjud muammolarni aniqlash va ularni yechimini topish boʼyicha soʼrovnomalar oʼtkazish.


“Doktorantlar maktabi” faoliyatiga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar: