+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Magistraturaga o‘qishga topshiruvchilar diqqatiga.

Asosiy ma'lumotlar:

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab magistraturaga o‘qishga topshiruvchilar diqqatiga.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qarorining 6-bandiga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etiladi. Bunda, filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida С1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.